Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:35

Yevro-2012: Italiya ham yarim finalda


Yevro-2012 musobaqasining so‘nggi chorak finali uchrashuvida Italiya terma jamoasi Angliya termasini mag'lub etdi.

Asosan "Skuadra Adzurra"ning (ko'k jamoa - tahr.) ustunligida o'tgan murosasiz va qizg'in hujumlarga boy uchrashuvning asosiy vaqtida 0:0 hisobi qayd etildi.

Qo'shib berilgan vaqtlarda ham hisob o'zgarmadi.

O'ziga xos lotoreya bo'lmish penaltilar seriyasida Pirloning ajoyib tarzda amalga oshirgan zarbasi, Buffonning "seyv"i va tumanli albionlik ikki adash Eshlilarning muvaffaqiyatsiz sarbalaridan so'ng italiyaliklarning qo'li baland keldi - 2:4.



Yarim final o'yinlarida 28 iyun kuni Portugaliya-Ispaniya, 29 iyun kuni Germaniya-Italiya terma jamoalari o'zaro bellshashishadi.

Final o'yini 1 iyul kuni Kiyev shahrida bo'lib o'tadi.
XS
SM
MD
LG