Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:14

Navalniy Twitter sahifasi va elektron pochtasi sindirildi


Rossiyalik muxolifat faoli Aleksey Navalniyning Twitter sahifasi va elektron pochtasi noma‘lum shaxlar tarafidan sindirildi.

Voqea 25 iyun kechasi yuz bergani aytilmoqda.

Jinoyatchilar Navalniy Twitter sahifasida uyatli so‘zlar yozilgan bir nechta “tvit”, ya‘ni xabar qoldirishgan.

Muxolifatchining matbuot kotibi Anna Veduta Navalniyga tegishli mikroblog va elektron pochta tintuv vaqtida politsiya tarafidan olib qo‘yilgan kompyuter orqali sindirilganini ma‘lum qildi.

11 iyun kuni politsiya xodimlari muxolifatning o‘nlab a‘zolari, jumladan, Navalniy, Kseniya Sobchak, Ilya Ashin uyida tintuv o‘tkazgan edi.

36 yoshli Aleksey Navalniy korrpuptsiyaga qarshi “RosPil” loyihasi muallifi va Rossiya prezidentligi kursisiga uchinchi marotaba o‘tirgan Vladimir Putinga qarshi o‘tkazilayotgan aktsiyalarning faol ishtirokchisidir.
XS
SM
MD
LG