Линклар

logo-print
Bugun Yevro-2012 chempionatining birinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Donetskning Donbass Arena stadionida o‘tadigan yarim final uchrashuvida Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari to‘qnashadi.

Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadigan o‘yinga chiptalar sotilib bo‘lgani aytilmoqda.

Chempionat tashkilotchilariga ko‘ra, bugungi kungacha Yevro-2012 o‘yinlariga 1,27 million tomoshabin kirdi. Bu esa rekord ko‘rsatkichdir.

Germaniya va Italiya o‘rtasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvi esa 28 iyun kuni Varshava shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ukraina va Polshada o‘tayotgan Yevro-2012 chempionati 1 iyul kuni Kiyevda o‘tadigan final o‘yini bilan yakunlanadi.
XS
SM
MD
LG