Линклар

Hindiston¸ Birlashgan Arab amirliklari¸ Turkiya¸ Xitoy¸ Tailand¸ Rossiya¸ Janubiy Koreya ortidan Gruziya ham o‘zbekistonlik fohishalar uchun muqim makonga aylanib bormoqda.

Gonio - Gruziyaning Qora dengiz sohilida joylashgan so‘lim qishloqlardan biri. Har yozda o‘n minglab dam oluvchi barobarida bu qishloqni aksariyati Markaziy Osiyo¸ xususan O‘zbekistondan kelgan fohisha qizlar ham o‘zlariga makon qilib tanlamoqdalar.

Gonioning toza plyajlariyu rumliklardan qolgan qadim qasri yillardan beri minglab sayyohlarni o‘ziga ohanrabodek tortib kelayotgan omillar edi.

Bugunga kelib ana shu minglab sayyohlarga xizmat ko‘rsatish orqali pul qilish ishtiyoqi yuzlab fohisha va qo‘shmachilarni ham bu go‘zal qishloqning kunda-shundalariga aylantirib qo‘ydi.

Qishloq ahlining Ozodlik muxbiriga aytishicha¸ keyingi yillarda qishloqda Markaziy Osiyo va Kavkazdan kelib¸ Turkiya chegarasida joylashgan bu qishloqda fohishachilik qilayotganlar soni ko‘paygandan ko‘paymoqda.

Gonio ko‘chalaridagi o‘zbek fohishalari.

Gonio ko‘chalaridagi o‘zbek fohishalari.

Aytilishcha¸ bu fohishalar xizmatidan asosan Gonioga vizasiz o‘tadigan qo‘shni turkiyalik erkaklar foydalanmoqda.

Yarim-yalang‘och bu fohishalar qishloqning istagan joyida istagan paytida¸ xususan Batumini Turkiya bilan bog‘lovchi katta yo‘l bo‘yida o‘z xizmatlarini ochiq taklif qiladi¸ deydi har yoz fohishalar to‘lqinidan bezor bo‘lgan gonioliklar.

- Adjara mintaqasidagilarning barchasi Gonioda qanday muammo bilan yashayotganimizni yaxshi biladi. O‘zbek ayollari qishloqda mijoz izlab tinimsiz izg‘iydi¸ buni bolalar ko‘rayapti ekan¸ deb salgina bo‘lsin istihola ham qilmaydi bular. O‘zbek fohishalariyu ularning turk mijozlari butun Gonio¸ hatto butun Batumini bosib ketdi¸ deydi Ozodlikka gapirgan qishloqliklardan biri.

Bor-yo‘g‘i 3000 aholi yashaydigan Goniodagi kelgindi fohishalarni ilg‘ash qiyin emas. "Tanasini sotish uchun bizning qishloqqa tanda qo‘ygan bu fohishalar biz amal qilib kelgan qadriyatu axloqni¸ bizning hislarimizni ochiqchasiga haqoratlamoqda"¸ deb zorlanadi qishloq ahli.

Ulardan biri Mamuma Malaxmadze gapiradi:

- Bu yerga kelayotgan turk erkaklari hamma ayolga buzuq va fohisha¸ deb qaraydigan bo‘lib qolgan. Biz juda mag‘rur xalqmiz. Agar kimdir xotinlarimiz yoki ayol qo‘shnimizga yaqinlashsa¸ boshini baloga tiqqan bo‘ladi. Qishloq ahli nima uchun boshqalar qilayotgan axloqsizlik uchun tovon to‘lashi kerak?¸ deydi Malaxmadze.
Gonioliklar¸ qishloq¸ qolaversa Batumi taraflarda fohishalarning urchib ketgani uchun bu muammoga ko‘z yumayotgan rasmiylarni ayblaydi.

Gonioning rumliklardan qolgan qadim qasri bu qishloqqa sayyohlarni jalb qilayotgan asosiy omil edi.

Gonioning rumliklardan qolgan qadim qasri bu qishloqqa sayyohlarni jalb qilayotgan asosiy omil edi.

Seks turizm oqimini to‘xtatish talabi bilan gonioliklar muntazam suratda piket o‘tkazib kelmoqda. Yaqinda gonioliklardan 450 nafari mahalliy hokim¸ Adjara mintaqasi ma‘muriyati va prezident Saakashvili idorasiga shikoyat xati bilan murojaat qildi.

Rasmiylar¸ muammoni hal etish uchun ayrim choralar ko‘rilayotganini aytmoqda.
Ularga ko‘ra¸ mahalliy politsiya qishloqda muntazam reydlar o‘tkazib kelmoqda.

Ammo qishloqliklarga ko‘ra¸ politsiyachilar ichida fohishaboz to‘dalar bilan hamkorlik qiluvchilar borligi uchun¸ bu reydlar odatda hech qanday samara bermaydi –oldindan ogohlantiriladigan fohishalar reyd mahali ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.

Yaqinda Gruziya sudi Adjara mintaqasidagi fohishalar tarmog‘ini boshqarib kelgan shaxsni 15 yillik qamoqqa hukm qildi.

Joriy hafta ozarbayjonlik ayol fohishalik qilayotganiga iqror bo‘lgach¸ 60 dollarlik jarimaga tortilib¸ Gruziya hududidan haydab chiqarildi.

Ammo bunday choralardan Goniodagi fohishalar soni kamayib qolayotgani yo‘q.

Hukumatga yo‘llangan shikoyat xatiga qo‘l qo‘ygan gonioliklardan biri David Kokoladzega ko‘ra¸ jazosiz qolayotgan fohishalar borgan sari surbetlashib bormoqda:

- Biz fohishalarga shikoyat qilsak¸ ular biz bilan urushib ketadi va “bu sening ishing emas”¸ deb bizni haydab soladi. Mijozlar orasida arman erkaklari ham bor. Fohishalarning eng ko‘pi o‘zbekistonlik qizlar. Dog‘iston¸ Chechenistondan kelganlar ham bor. Katta yo‘ldan hukumat vaziridan tortib to dehqonga qadar foydalanishini hisobga olsangiz¸ bu kichik qishloqda nimalar bo‘layotganini tasavvur qilishingiz mumkin¸ deydi Kokoladze.

Kuzatuvchilarga ko‘ra¸ Goniodagi fohishalar orasida o‘z xohishi bilan bu ishni qilayotganlar barobarida¸ odam savdosi qurboniga aylangan qizlar ham bor.

Gruziya hukumatining odam savdosiga qarshi kurash bobidagi sa‘y-harakatlarini olqishlagan AQSh Davlat departamenti 2012 yilgi hisbotida O‘zbekiston va ayrim boshqa mamlakatlardan kelgan qizlarning tijoriy seks sanoatiga majburan jalb etilayotganini tanqid qilgan edi.

Uzoq yillar davomida¸ odam savdosi jarayonida tranzit mamlakati bo‘lib kelgan Gruziya¸ AQSh hisobotida aytilishicha¸ keyingi yillarda bu jarayon muqim o‘rinlashayotgan manzilga aylanmoqda.
XS
SM
MD
LG