Линклар

Italiya terma jamoasi Yevro-2012 yarim final o'yinida Germaniya termasini 2:1 hisobida mag'lub etib, chempionat finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

28 iyun kuni Varshava shahrida o'tgan uchrashuvda italyalik hujumchi Mario Balotelli dublga mualliflik qildi. Birinchi gol uchrashuvning 20-daqiqasida kiritildi. Antonino Kassanoning chap qanotdan oshirgan to'pini Balotelli boshi bilan Noyer darvozasiga yo'lladi. Ikkinchi golni Balotelli 36-daqiqada darvozabon bilan birga-bir chiqqan vaziyatda kiritdi.

Germaniya terma jamoasining yagona go'liga o'yin tugashiga ikki daqiqa qolganda Mesut Ozil penaltidan kiritdi. Penalti Italiya himoyachisi Federiko Balseretti jarima maydonchasida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun belgilangan edi.



O'yin ikkinchi yarmida asosan kontr-hujumlarga e'tibor qaratgan italiyaliklar Noyer darvozasi oldida qator xavfli vaziyatlar yaratishdi. Biroq Antonio Di Natale va Klaudio Markizio dueti ushbu vaziyatlardan to'g'ri foydalana olmadi.

1 iyun kuni Kiyev shahrida o'tadigan final o'yinida Italiya terma jamoasi Yevro-2008 chempioni Ispaniya bilan bellashadi. Ispaniya yarim finalda Portugaliyani pentaltilar seriyasida mag'lub etgan edi.
XS
SM
MD
LG