Линклар

"O‘zbekistondagi avtoritar rejimni ag‘darib tashlash"ni bosh maqsad qilib belgilagan muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq harakati, 29-30 iyun kunlari Chexiya poytaxti Pragada o‘z ikkinchi qurultoyiga yig‘ilmoqda.

O‘zbekiston Xalq harakati o‘z safida Erk demokratik partiyasi, Tayanch ma‘naviy-ma‘rifiy jamiyati, O‘zbekiston demokratik kuchlar forumi, O‘zbekiston Inson huquqlari jamiyati va boshqa bir qancha tashkilot va mustaqil shaxslarni o‘z safida birlashtiradi.

O‘tgan 2011 yilning kuzida O‘XH safidan ushbu uyushmaning eng ko‘p sonli guruh – “Andijon - Adolat va tiklanish” tashkilotining chiqib ketishi, aksar kuzatuvchilar fikricha, Xalq harakati moliyaviy va insoniy zaiflashuviga sabab bo‘lgan.

O‘XH rahbari, tashkilot Muassislar majlisi raisi Muhammad Solih ta‘kidicha, “Andijon - Adolat va tiklanish” tashkilotining O‘XH safidan chiqib ketishi harakat faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmagan.

O‘XHning Praga yig‘ilishida tashkilot faollaridan tashqari g‘arblik tahlilchi va jurnalistlarning kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘XH Praga qurultoyining jurnalistlar uchun matbuot anjumani bilan boshlanishi rejalangan.

Shuningdek, qurultoyda tashkilot nizom va dasturiga o‘zgartirishlar kiritilishi muhokama qilinishi, tashkilot rahbariyatini qayta saylash kabi masalalarning muhokama qilinishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG