Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:33

Gmail foydalanuvchilari soni 425 millionga yetdi


Google shirkatining Gmail elektron pochta xizmatidan 425 million kishi foydalanadi. Bu haqda shirkatning San-Fransiskoda har yili tashkil qiladigan yangi texnologiyalarga bag‘ishlangan yillik anjumanida ma'lum qilindi.

2012 yilning yanvar oyida bu raqam 350 millionni tashkil qilgan edi. Bu esa so'nggi olti oy ichida 75 million yangi foydalanuvchi Gmail xizmatini tanlaganini ko'rsatadi.

Google ga ko'ra, bugungi kunda dunyo bo'ylab 45 mamlakatda davlat idoralari xizmat ishlari uchun Gmail pochtasidan foydalanadi.

Google elektron pochta xizmatining bir qator qulayliklari bor. Xavfsiz va kodlashtirilgan HTTPS kanali bilan ishlashi (HTTPS - kodlashtirilgan va shu sabab nazorat qilish qiyin bo'lgan kanal -tahr.), ichida o'rnatilgan chat va qo'ng'iroq qilish dasturi, xotirasining kattaligi va boshqa Google xizmatlari bilan qulay uzviylikligi shulardandir.

Gmail elektron pochtalar xizmati Google tarafidan 2004 yilning aprel oyida ishga tushirilgan. Bugungi kunda ushbu xizmat dunyodagi eng mashhur elektron pochta xizmatlaridan biri bo'lib qolmoqda.

San-Fransiskoda o'tayotgan anjumanda Google o'zining Chrome Internet brauzeriga oid raqamlarni ham ochiqladi. Ma'lum qilinishicha, bugungi kunda 310 million foydalanuvchisi bor Chrome dasturi dunyodagi eng ko'p ishlatilgan Internet brauzeridir. Chrome
2008 yili ishga tushirilgan edi.
XS
SM
MD
LG