Линклар

logo-print
BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi yoshlar orasida RNB, RAP va FREESTYLE uslubida yozilgan eng yaxshi qo‘shiqlar uchun tanlov e‘lon qildi. Bu haqda Podrobno.uz sayti xabar qiladi.

Tanlovga taqdim etiladigan qo‘shiqlar mualliflik asarlari bo‘lishi kerak. Ishtirokchilar tanlovga gender tengligi, OITSga qarshi kurash, atrof-muhit muhofazasi, salomatlik, ta‘lim, turmush darajasini ko‘tarish mavzulariga bag‘ishlangan original mazmundagi qo‘shiqlarni taqdim etishlari lozim.

G‘olib qo‘shiqchi biror yulduz xonanda bilan birga klip suratga olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi, eng yaxshi ishtirokchilar esa iPAD, videokamera va shu kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovda 14 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan noprofessional ijrochilargina qatnashishi mumkin. Qo‘shiq yozuvi o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjud barcha audio va videoformatlarda qabul qilinadi. Ayni paytda g‘ayriahloqiy so‘zlar, zo‘ravonlik targ‘ibi aks etgan qo‘shiqlar tanlovda ko‘rib chiqilmasligi aytilmoqda.

20 iyulgacha ariza topshirish mumkin bo‘lgan tanlov natijalari Xalqaro Yoshlar kuni bo‘lmish 12 avgust arafasida chiqariladi.

So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda RNB, RAP va FREESTYLE uslubida aytilgan qo‘shiqlar ko‘p tanqid qilindi. Mahalliy san‘at namoyandalariga ko‘ra, bunday qo‘shiqlarda o‘zbek xalqi zehniyatiga yot bo‘lgan unsurlarni ko‘p uchratish mumkin.
XS
SM
MD
LG