Линклар

Kaliforniya sudi Samsung shirkati ishlab chiqargan yana bir apparat - Samsung Galaxy Nexus smartfonining AQSh huhudida sotilishini vaqtincha man etuvchi hukm chiqardi.

27 iyun kuni ushbu sud Samsung Galaxy Tab 10.1 planshetini AQSh bozoridan vaqtincha olinishi haqida qaror chiqargan edi. Ikkala hukm Apple shirkatining da'vosi bo'yicha ochilgan ishda chiqarilgan.

Apple vakillari Samsung shirkatini Galaxy rusumidagi apparatlarni ishlab chiqishda patentlarni buzganlikda ayblab keladi. Apple ga ko'ra, Samsung shirkati Galaxy apparatlaridagi dizayn va asosiy funksiyalarni iPhone smartfoni va iPad planshetidan ko'chirgan.

Patentlarni buzilishi bo'yicha ikkala shirkat 2011 yildan beri qator davlatlarda sudlashib keladi.

Sud qarori bo'yicha 2011 yilning kuzida Galaxy 10.1 plansheti Germaniyada sotilishi man etilgan edi. Shundan so'ng Samsung biroz o'zgartirishlar kiritilgan Galaxy 10.1N planshetini chiqargan.

Galaxy apparatlariga qo'yilgan vaqtinchalik ta'qiq Samsung va Apple shirkatlari o'rtasida patentlar buzilishi bo'yicha ketayotgan asosiy sud jarayoni tugamaguncha amalda qolishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG