Линклар

1 iyul kuni Kiyevning Olimpiya stadionida o'tgan Yevropa chempionatining final o'yini Ispaniya terma jamoasining Italiya termasi ustidan 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Kutilganidek juda qiziqarli o'tgan final uchrashuvini tomosha qilish uchun kelgan 63 ming tomoshabin stadionni teng ikkiga - finalchi terma jamoalarning ramzi bo'lmish qizil va ko'k rangga bo'ldi.

Biroq stadionida o'zbekistonlik futbol ishqibozlariga qadrdon bo'lgan yana uch rang - o'zbek "trikolori", ya'ni uch rangli O'zbekiston milliy bayrog'i ham bor edi.

Agar televizor orqali sinchikovlik bilan kuzatgan bo'lsangiz, siz ham Skuadra Adzurra va Qizil Furiyalar ranglari orasida O'zbekiston bayrog'ini ham payqagan bo'lsangiz ajab emas.

Yuqoridagi Facebook ijtimoiy tarmog'iga yuklangan surat kuzatuvchan tele-tomoshabin tomonidan olingan.

Aftidan birinchi qatorlarda o'tirgan o'zbekistonlik futbol ishqibozi stadionga milliy bayro'gini o'zi bilan olib kelgan ko'rinadi.

Yevropa chempionatida hilpiragan O'zbekiston bayrog'i Jahon chempionatida ham balandlarga ko'tariladi degan umiddamiz.
XS
SM
MD
LG