Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 16:02

Yevro-2012: O‘zbek ishqibozi nigohida


25 yoshli Dilmurod Umarov futbol bo‘yicha Yevro-2012 chempionati o‘yinlarini Ukrainadagi stadionlarda ko‘rgan o‘nlab o‘zbek yigitlaridan biri.

Dilmurod Umarovning aytishicha, o‘zi ishqibozi bo‘lgan Gollandiyaning ikkita o‘yinini Xarkovdagi "Metallist" stadionida ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan.

Chempionatning boshqa o‘yinlarini ham ko‘rish istagi borligini aytgan Dilmurodga ko‘ra, bilet topishning imkonsizligi bu istak amalga oshishiga monelik qilgan.

- Gollandiya-Daniya, Gollandiya-Portugaliya o‘yinlarini ko‘rdim. Chunki qolgan o‘yinlarga bilet olishga imkoniyat bo‘lmadi. Biz 70 yevrolik biletni 180 yevroga qo‘ldan sotib oldik. 3- toifa degan yana bir biletni kassadan olishning imkoni bo‘ldi. Uni 30 yevroga oldik, deydi suhbatdosh.

Dilmurodga ko‘ra, Yevropa chempionati o‘yinlarini tomosha qilgan o‘zbeklar orasida O‘sh qirg‘inidan keyin Ukrainaga qochib borgan o‘shliklar ko‘p bo‘lgan.

O‘yinni tomosha qilishga kelgan o‘zbekistonlik muxlislar orasida o‘zbek qizlarini ham ko‘rganini aytadi Dilmurod.

- Men ikkitasini ko‘rdim bayroq ko‘targan, o‘zbekistonlik. Kecha ham finalda e‘tibor bergan bo‘lsangiz, ko‘tarib o‘tirishgan edi. Ular Gollandiya-Daniya o‘yinida ham ko‘targan edi O‘zbekistonning bayrog‘ini. Keyin Suriyaning bitta-ikkita yozuvlari bilan prezident Bashar Assadga qarshi nima qilingan yozuvlar, plakatlar bo‘ldi. Keyin asosan Daniya, Gollandiya bayroqlari, keyin orada bitta O‘zbekistonning bayrog‘i. Yarim finalda Germaniya-Italiya o‘ynayotganda bitta o‘zbekistonlik qizni ham ko‘rdim. Xarkovdagi meditsina fakultetida o‘qirkan. U qiz ham kelibdi muxlislik qilgani, deydi Dilmurod.

Chempionat o‘yinlarini stadionda ko‘rish zavqi o‘zgacha bo‘lishini aytgan Dilmurod o‘yin payti o‘zi guvohi bo‘lgan aksar voqealar ekranlarda yoritilmagani haqida gapiradi.

- Ekran ortida qolib ketgan voqealar juda ham ko‘p bo‘ldi. Gollandiya-Germaniya o‘yinida mahalliy aholining ko‘pchiligi mast holda kirganlarini ko‘rsatmadi. Bitta joyda bittasi Rossiyaning kiyimida juda ko‘pchilikka xalaqit qilib, "Rossiya" deb baqirdi, boshqa qildi. U kishini militsiya kelib olib ketdi. Bu narsani videoga olayotganini o‘zim ko‘rgandim lekin efirda chiqarmadi. Ko‘pincha sporniy holatlar bo‘lib qolsa stadionda shu narsani stadionning o‘zida ko‘rsatmas ekan. Masalan¸ hakam adashgan bo‘lsa, u narsani ko‘rsatmas ekan. Chunki stadiondagi muxlislar polyaga chiqib ketishi mumkinda. Shuning uchun u narsani televizorda ko‘rsatadi. Stadionda faqat gol bo‘lganda povtor bo‘ldi, deydi futbol ishqibozi.

Dilmurodga ko‘ra, chempionat payti bir qancha siyosiy aktsiyalarga ham guvoh bo‘lgan.

- Eshitgan bo‘lsangiz, Femen degan harakat bor. Yechinib aktsiya qiladigan qizlar. O‘t o‘chiradigan gaz balonlarda hammaga nima sochdi. Uni ham ekranda ko‘rsatmadi. Kindikdan tepasi yalang‘och edi, pastida jinsisi bor. Boshiga gulchambarini kiyib keyin futbolkasini yechdi, qiyqirishni boshladi. Keyin bittasi o‘t o‘chiradigan ballonni olib chiqib sochishni boshladi u qizlarga qarab. U maxsus aktsiya. Men femenchilar bilan gaplashdim. Ularning aytishicha, UYEFAning Germaniyada chempionat o‘tkazishi uchun fohishabozlikni rasmiylashtirilgan.

Hozir Ukrainada mentalitet bunga to‘g‘ri kelmadi. Yuzlab bordellar ochildi, deydi. Qizlarning aytishicha endi. Futbol muxlisi nima qiladi? Ichadi¸ fohishaga boradi. Buni FIFA va UYEFA uyushtirayapti deydi. Ular shunga qarshi aktsiya o‘tkazishdi. Keyin Xarkovda B guruh o‘yinlari o‘tayapti. O‘tayotgan paytda Timoshekoning sudi bo‘ldi. Sudi yana bir marta qoldirildi. Bu narsa ham ko‘pchilikning e‘tiborini o‘ziga jalb etdi. Sudning oldiga borganimda, ko‘pchilik uning tarafdorlari, unga qarashi odamlar urushib ketdi. Bu yerda futbol, bu yerda sud ishi, deydi chempionat o‘yinlarini bevosita stadionda ko‘rgan o‘zbek yigiti.

Dilmurod Umarov bilan suhbatni to‘liq ravishda quyida tinglashingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG