Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:51

Behzod Ahmedovning qo‘lga olingani aytilmoqda


"O‘zdunrobita" bosh direktori Behzod Ahmedov Interpol orqali qidiruvga berilgan.
"O‘zdunrobita" bosh direktori Behzod Ahmedov Interpol orqali qidiruvga berilgan.

O‘zbekistondan olingan xabarlarga ko‘ra, “O‘zdunrobita” shirkati bosh direktori Behzod Ahmedov Rossiyadan O‘zbekistonga keltirilgan.

Bu haqda O‘zbekiston xavfsizlik tizimlariga yaqin ekani aytiladigan Uzmetronom nashri xabar qildi.

2 iyul kuni "Darakchi" gazetasida ham paydo bo‘lgan ayni xabarda, O‘zbekiston tomonidan moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, Interpol orqali qidiruvga berilgan Behzod Ahmedovning qaysi vaziyatda O‘zbekistonga keltirilgani tafsilotlari ochiqlanmagan.

Ayni paytda, Interpol veb-saytining qidiruvdagilarga oid sahifasidan hozircha Behzod Ahmedovning ismi olib tashlanmagan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 28 iyun kuni bayonot e‘lon qilib, Rossiyaga qarashli MTS shirkatining O‘zbekistondagi sho‘‘basini moliyaviy jinoyatlarda ayblagan edi. Ayni bayonotda MTS shirkati mazkur ish bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan asosiy gumonlanuvchi Behzod Ahmedovni yashirayotganlikda ham ayblangan edi.

O‘z navbatida MTS shirkati ham press-reliz e‘lon qilib, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi “O‘zdunrobita”ga qarshi olib borgan harakatlarini noqonuniy deya atab, shirkatga nisbatan bosim bo‘layotganini ta‘kidlagan edi.

MTS matbuot kotibi Yelena Koxanovskaya Ozodlikka "O‘zdunrobita" rahbarlari asossiz tarzda hibsga olingani yuzasidan tashvish bildirdi.

- Tekshiruvlar noqonuniy tarzda olib borilmoqda: butun mamlakat bo‘ylab ofislarimizdan hujjatlarning asl nusxalari, protokol tuzilmasdan, musodara qilinmoqda, odamlarimiz kechasi advokatlarsiz hibs etilmoqda. Bu hol, ayniqsa, xodimlarimizning qo‘lga olinayotgani va so‘roqqa tutilayotgani, bizni qattiq xavotirga solmoqda. Ularga bosim o‘tkazilayotgani aytilmoqda, biz esa bu vaziyatda ularga yordam berish imkonimiz yo‘q. To‘g‘risi, qayta tekshiruvlar olib borilishi sabablarini ham tushuna olmayapmiz, dedi MTS rasmiysi.

“O‘zdunrobita” shirkati rahabari vazifasini vaqtincha bajarayotgan Radik Dautov va shirkat moliyaviy direktori Temurmalik Alimov hibsga olingani O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 28 iyun kuni e‘lon qilgan press-relizda ham aytilgan.

Rossiyaning "MTS" shirkatiga qarashli “O‘zdunrobita” rahbari 38 yoshli Behzod Ahmedov O‘zbekistondan qochib ketgani haqida Ozodlik radiosi 14 iyun kuni xabar qilgan edi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bayonnomasida aytilishicha, “Mavjud ma‘lumotlarga ko‘ra, Ahmedov tergovdan yashirinib, Yerevan shahriga qochgan. Bu yerda u “MTS” vitse-prezidenti Raspopov bilan uchrashgan va ular yashirin tarzda Moskvaga uchib kelganlar”.

“O‘zdunrobita” shirkati 1991 yilda faoliyat boshlagan. 1990 yillar oxirlarida shirkat O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova nazoratiga o‘tgan. 2004 yilda esa Karimova “O‘zdunrobitani” Rossiyaning MTS kompaniyasiga 212 million AQSh dollariga sotgan.

“O‘zdunrobita” aloqasi O‘zbekistonning 94 foiz hududini qamrab oladi va 9 milliondan ziyod abonentga egadir.
XS
SM
MD
LG