Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:04

Apple Xitoyning Proview shirkati bilan kelishdi


Apple shirkati Xitoyning Proview shirkatiga iPad nomi bo‘yicha bahslarga chek qo‘yish uchun 60 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi.

Proview shirkati iPad mahsuloti nomidan Xitoyda foydalanish unga tegishli ekanini, 2000 yilda ro‘yxatdan o‘tqazdirganini da‘vo qilgan.

Xitoy Apple mahsulotlari uchun dunyoda eng yirik bozorlardan hisoblanib, mamlakatda bu mahsulotlarga ehtiyoj oshib borayotgani aytiladi.

Xitoyning bir qancha joylaridagi do‘konlardan ikki shirkatning tortishuvlari sabab iPad mahsulotlari g‘oyib bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG