Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:39

Biz sog‘lom hayot tarzi uchun!


28 iyun kuni O‘zbekiston Milliy bog‘ida Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan "Biz sog‘lom hayot tarzi uchun!" tadbiri bo‘ldi.

Ish kuni bo‘lishiga qaramasdan milliy bog‘ yoshlar bilan gavjum bo‘ldi.

Boshqa davlatlar ekstremallari bilan solishtirganda biznikilar¸ albatta¸ anchayin yovvosh ko‘rinadi¸ ammo Toshkentda ikkita bayramdan boshqa narsa yo‘qligini hisobga olsak¸ odamlar juda xursand bo‘ldi.

Hamma narsa shu darajada yaxshi tashkil qilingan ediki¸ men uchun eng yoqimli narsa na pivo ichayotgan¸ na sigaret chekayotgan odamni ko‘rmaganim bo‘ldi.

Militsionerlar paydo bo‘lmaguncha hammasi bir maromda davom etdi.

Yoshlar raqsga tushishni boshlashi bilan militsionerlar tomonidan qandaydir bosim boshlandi. Ular shahar IIBning ommaviy tadbirlarni himoya qilish batalyonidan.

Aytishlaricha¸ bu batalyon 1999 yilgi portlashlardan keyin tashkil qilingan. So‘nggi yillarda Toshkentda rok festivallar va boshqa yoshlarbop tadbirlar deyarli yo‘qoldi.

Militsionerlar hozir teatrlarni ham qo‘riqlamoqda. Bir marta Muqimiy teatrida guvoh bo‘ldim. Zalda beshta tomoshabin o‘tiribdi¸ foyeda esa to‘rtta militsioner.

Yevropa chempionatini katta ekranlarda namoyish qilishni istagan kafe va restoranlarning egalariga 2 million so‘m to‘lash majburiyatini yuklashibdi.

Qayerda kattaroq tadbir bo‘lsa¸ o‘sha yerda militsiya bor.

Kechagi tadbirga keladigan bo‘lsak¸ oxir-oqibat soat 8 ga yaqin yoshlarni tarqatib yuborishdi. Menimcha¸ militsionerlarga hech kim pul o‘tkazmagan bo‘lsa kerak. Kimdir aylanishga chiqqan¸ kimdir uchun bu bayram edi¸ ammo bayram kayfiyati buzildi.

XS
SM
MD
LG