Линклар

logo-print

O‘ttiz millionlik aholiga ega O‘zbekiston tinch va barqaror va shu bilan birga Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng repressiv davlat hisoblanadi. Barqarorlik va repressiyalarni bog‘lovchi omil O‘zbekiston kuch ishlatar idoralaridir.

O‘zbekistonda ichki ishlar idorasiga ishga joylashish uchun oliy ma‘lumot shart emas. Lekin, militsiya xodimlarining oylik maoshlari va pensiyalari boshqa kasb egalarinikiga nisbatan ancha balandroq.

Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari esa maoshlaridan daromad solig‘i to‘lamaydi.

Militsiya va MXX xodimlariga keng vakolatlar berilgan, ular millionlab odamning taqdiriga bevosita ta‘sir qila olishadi.

Xalqaro standartlarga ko‘ra, demokratik davlatlarda har besh ming odam boshiga bitta politsiyachi to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda esa, ba‘zi norasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, ichki ishlar idoralari xodimlarining soni bundan 15 barobar ko‘proq ekani, 350 o‘zbekistonlikka bitta militsioner to‘g‘ri kelishi aytiladi.

O‘zbekistonda yarim tunda ham bemalol, ortiqcha tahlikasiz ko‘chada yurish mumkin. Lekin odamlar nimadandir yoki kimdandir qo‘rqishsa ham, bu aynan jamiyat xavfsizligini ta‘minlab turgan militsiya xodimlaridir.

MXX va Ichki ishlar vazirligi – O‘zbekistondagi eng qudratli va xodimlari soni jihatidan eng yirik idoralardir. O‘zbekiston rejimi tanqidchilari kuch ishlatar idoralarini uning "qilichi va qalqoni" deya atashadi. Lekin militsiya va MXX "halqning tinchligi, osoyishtaligi va mamlakatdagi barqarorlik posbonlaridir" deydiganlar ham bor.

Siz nima deb o‘ylaysiz, shaxsan Sizning bu idoralarga bo‘lgan munosabatingiz qanday? Sizningcha, militsiya va MXX islohotlarga muhtojmi? Muhtoj bo‘lsa, qanday islohotlar kerak? Mabodo, O‘zbekistonda siyosiy islohotlar boshlanib, kuch ishlatar organlari xodimlarining soni jiddiy kamaytiriladigan bo‘lsa, ijtimoiy barqarorlikni ushlab turish imkoniyati bo‘ladimi? Balki ijtimoiy barqarorlik birlamchi masala emasdir? Vaziyatni siz qanday ko‘rasiz?

Ozodlik Online dasturining kelasi dushanba, 9-iyul kuni, Toshkent vaqti soat 22:00da Ozodlik Radiosi Internet sayti va Facebookdagi sahifasida jonli tarzda efirga beriladigan soni mavzusi ana shu haqda.

Biz bilan bog‘laning, jonli muloqotimizda ishtirok eting!

Ozodlik Online – Siz uchun fikr bildirish imkonidir!
XS
SM
MD
LG