Линклар

logo-print
O‘zbekiston delegatsiyasi MDH mudofaa vazirlari kengashining 62-sessiyasida qatnashadi.

RIA novosti agentligining xabar qilishicha, bu haqda kengash kotibiyati matbuot vakili Mixail Sevastьyanov ma‘lum qilgan. Uning aytishicha, O‘zbekistonning MDH mamlakatlarining aksarini o‘z ichiga oluvchi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqishi uning MDH mudofaa vazirlari kengashidagi ishtirokiga ta‘sir qilmaydi.

Sevastьyanov O‘zbekiston Mudofaa vaziri Qobul Berdiyev MDH Mudofaa vazirlari kengashining a‘zosi bo‘lib qolishini qayd etdi.

Bugun Rossiyaning Kaliningrad shahrida boshlanadigan kengash yig‘inida 28 masala bo‘yicha muhokamalar bo‘lishi kutilmoqda.

O‘tgan hafta O‘zbekiston KXShTdan chiqish niyati bildirilgan notani tashkilot kotibiyatiga yuborgan edi. O‘zbekiston Kollektiv xavfsizlik tashkilotini 1999 yilda bir marta tark etib ulgurgan. 2006 yilda, Andijon voqealaridan keyin G‘arb davlatlari tanqidi ostida qolgan Toshkent yana KXShTga qo‘shilishga majbur bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG