Линклар

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) futbol maydonida hijobda yurishni taqiqlagan qarorini bekor qildi.

Mazkur qaror 2007 yilda qabul qilingan edi. FIFA bu qaror futbol maydonlarida xavfsizlikni ta‘minlash va diniy sabablar tufayli qabul qilinganini bildirgan.

2011 yili FIFA xavfsizlik talablaridan kelib chiqgan holda o'yinchilar uchun mahsus yopishqoq to'g'nog'ich bilan tikilgan hijobni (Velcro-opening headscarf) ta'qiqlab qo'ygan edi.

Ushbu ta'qiq natijasida E'ronning futbol bo'yicha ayollar Olimpiya terma jamoasi 2012 yilda o'tadigan Olimpiada saralash bahslarining 2-davra uchrashuvlaridan chiqib ketishga majbur bo'lgan.



2010 yili Singapurda o'tgan Yoshlar Olimpiadasida futbol bo'yicha Eron ayollar terma jamoasining Turkiya termasiga qarshi o'tkazgan o'yinidan parchalar.


Joriy yili mart oyida BMT bosh kotibi Ban Ki Munning sport ishlari bo'yicha maslahatchisi Vilfred Lemke musulmon ayollarga hijob bilan futbol o'ynash huquqini qayta berish taklifi bilan FIFA prezidenti Zepp Blatterga xat yo'lladi.

FIFA futbol maydonida hijobni taqiqlash to‘g‘risidagi qaror eng oliy darajadagi tengsizlikka sabab bo‘layotganini tan olib, uni bekor qilishga qaror qilgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG