Линклар

Britaniyalik tennischi Endi Myurrey Londonda o‘tgan Uimbldon turnirining final uchrashuvida shvetsiyalik raqibi Rojer Federerga mag‘lub bo‘ldi.

3 soat 24 daqiqa davom etgan uchrashuv birinchi seti Myurrey g‘alabasi bilan yakunlandi. Biroq mag‘lubiyatli birinchi setdan so‘ng Federer qatorasiga uch setda Myurreyni dog‘da qoldirib, turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Umumiy hisob 6:4, 5:7, 3:6, 4:6.

Londonda o‘tadigan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida britaniyalik tennischi so‘nggi marotaba 1936 yilda g‘alaba qozongan edi.

Uimbldon finalidagi muvaffaqiyati Rojer Federer uchun "Katta dubulg‘a" turnirlaridagi 17-g‘alaba bo‘ldi. Bu esa rekord ko‘rsatkichdir.

Londondagi g‘alabasidan so‘ng Federer yana bir bor dunyo birinchi raketkasiga aylandi.
XS
SM
MD
LG