Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:01

“Paxtakor” prezidenti Botir Rahimov jarimaga tortildi


“Paxtakor” futbol klubi prezidenti Botir Rahimov.
“Paxtakor” futbol klubi prezidenti Botir Rahimov.

Osiyo futbol konfederatsiyasi “Paxtakor” futbol klubi prezidenti Botir Rahimovga 5000 AQSh dollari miqdorida jarima solib, uni 30 kunga futboldan chetlatdi.

Joriy yilning 3 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishida "Paxtakor"- "Al-Ittihod" o‘yinida hakamlarga bosim o‘tkazishga harakat qilgani uchun Botir Rahimovga nisbatan jazo choralari ko‘rish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

2 may kuni Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida Toshkentning "Jar" stadionida o‘tgan "Paxtakor" hamda Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hakam o‘zbek futbolchisiga qizil kartochka bergani uchun Botir Rahimov unga bosim o‘tkazishga harakat qilganlikda ayblangan.

OFK qarorida Botir Rahimov 5 ming AQSh dollari miqdorida jarima to‘lashi shartligi va 30 kun davomida futbol bilan bog‘liq faoliyatdan chetlatilishi aytiladi.

"Paxtakor" klubi direktori o‘rinbosari Ravshan Salimov Ozodlik bilan suhbatda Botir Rahimovga nisbatan OFK tomonidan jazo choralari qo‘llanilganinini tasdiqladi.

- Jarimaga tortildi deyilgan va 30 kun futbolning rasmiy turnirlarida vaqtinchalik jazoga tortildi deyilgan. Sabab sudyaga ozgina norozilik bildirganliklari uchun. Chempionlar ligasi o‘yinida. Hakam nohaqlik qilgani uchun norozilik bildirildi. “Nimaga unaqa qilding” deyilgan. Bizning o‘yinchiga noto‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatilgan edi, deydi Ravshan Salimov.

Botir Rahimov OFK Tartib-intizom Kodeksi hamda Osiyo Chempionlar Ligasi Reglamentini buzganlikda ayblangan.

Rahimovga berilgan jazo choralari "Paxtakor" – "Al-Ittihod" o‘yini komissari va bosh hakami hisoboti, Reglament hamda Kodeksning tegishli moddalariga asosan berilgani aytilmoqda.

Ravshan Salimov klub prezidenti Botir Rahmiovga berilgan jazo choralari futbol olamida jiddiy ayblov emasligini aytadi.

- Bu Osiyo Futbol Konfederatsiyasida chora tadbirlari deyiladi. Butun dunyoda bor narsa bu. Dong‘i ketgan shaxslar ham sudyaga noto‘g‘ri nima qilgani uchun shunaqa qilishgan. Bu futboldan chetlatildi degani emas. Xalqaro o‘yinlarda pastda, futbol maydonida bo‘lishga haqqi yo‘q. Vahima narsa yo‘q bu yerda. Futbol ichidagi odamlar tushunadi. Bu normal holat. Bu kabi jazo choralari har doim bo‘lib turadi. Bu futbolning ajralmas qismi desa ham bo‘ladi, deydi Ravshan Salimov.

"Paxtakor" klubi direktori o‘rinbosari Ravshan Salimov bilan suhbatni to‘liq ravishda quyida tinglashingiz mumkin:



O‘zbek oligarxlaridan biri sanaladigan Botir Rahimovning 2010 yilning bahorida ma‘lum muddatga hibsga olingani aytilgan edi.

O‘sha paytda oshkor qilinmagan ayni hibs tafsilotlari hozirgacha matbuotga ma‘lum emas.

Centrasia.ru sayti ma‘lumotiga ko‘ra, Botir Rahimov Kapital bank, sug‘urta kompaniyasi, rangli metal qazib chiqaradigan konni ham o‘z ichiga olgan qator shirkatlardan iborat Kapital xolding sohibi hisoblanadi.

O‘zbekiston mehmonxonasi, “Moya mechta" o‘simlik yog‘i va saryog‘, vino-aroq ishlab chiqaradigan zavodlar va Toshkentdagi qator restoranlarning ham Botir Rahimovga tegishliligi aytiladi.
XS
SM
MD
LG