Линклар

logo-print

O‘zbekistonlik savzavotfurush odam savdosida ayblanmoqda


Ismi Abdulla ekani aytilayotgan odam savdosida ayblanayotgan o‘zbekistonlik.

Ismi Abdulla ekani aytilayotgan odam savdosida ayblanayotgan o‘zbekistonlik.

Irkutskda “Vladivostok-Novokuznetsk” poyezdida ketaëtgan 26 yashar O‘zbekiston fuqarosining xalqaro qidiruvda ekani aniqlangach, hibsga olingan.

2012 yilning 4 iyulida Rossiyaning "Irkutsk Passajirskiy” poyezd bekatidagi politsiya tayanch punkti xodimlari tomonidan “Vladivostok-Novokuznetsk” poyezdida O‘zbekistonda odam savdosida ayblanib, qidurvga berilgan shaxs qo‘lga olindi.

O‘zbekiston huquq-tartibot organlaridan qochib yurgan 26 yoshli bu yigitning Rossiyada sabzavot savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi, deydi Ichki ishlar vazirligi transport boshqarmasining Sharqiy Sibir bo‘yicha matbuot markazi rahbari Artyom Ivanov.

- U Rossiyada yashirinib yurgan va Vladivostokda sabzavot savdosi bilan shug‘ullanib kelgan. Ayblanuvchining so‘zlariga qaraganda, u O‘zbekistondan katta miqdorda ukrop yetkazib berishni tashkillashtirish uchun o‘z yurtiga ketayotgan bo‘lgan. Olib borilgan so‘roq davomida bu odam o‘zi 30 ming AQSh dollariga sotib yuborgan o‘zbekistonlik bir ayol to‘g‘risida xabari borligini aytgan. Lekin u o‘zining bu jinoyatga mutlaqo aloqasi yo‘qligi va ayolning hozirda qayerda ekanini bilmasligini iddao qilgan, deydi Artyom Ivanov.

Ayrim ommaviy axborot vositalarida Irkutskda qo‘lga olingan “odamfurush”ning O‘zbekiston huquq idoralari tomonidan “bolalar tana a‘zolari savdosida” ham ayblanayotgani xabar qilindi.

Irkutsk politsiyasi rasmiysi Artyom Ivanov O‘zbekistondan kelgan so‘rovnomada “bolalar organlari savdosi” to‘g‘risida hech qanday ma‘lumot yo‘qligini aytadi Ozodlik bilan suhbatda.

- Gap shundaki, biz ham axborot vositalarini o‘zimiz tarqatgan ma‘lumotlar bilan solishtirib, tekshirib turamiz. Haqiqatan, “Pravda Ukraini” nashri saytida siz aytayotgan xabar keltirilgan ekan. Biz sayt tahririyatiga press-relizimizda “bolalar organlari savdosi” haqida biror ma‘lumot yo‘qligini bildirish maqsadida norozilik xati yubordik. “Pravda Ukraini” bu ma‘lumotni O‘zbekiston ichkarisidagi manbadan olganini ma‘lum qildi, lekin bunga ishonish qiyin, deydi Irkutsk politsiyasi rasmiysi Artyom Ivanov.

Politsiyadan olingan norasmiy ma‘lumotga ko‘ra, 1986 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik yigitning ismi Abdulla, uning familiyasi esa, tergov manfaatlaridan kelib chiqib, hozircha ochiqlanayotgani yo‘q.

Irkutsk politsiyasi matbuot xizmati boshlig‘i Ivanov o‘zbekistonlikka nisbatan hibsga olish chorasi qo‘llangani, hozirda uni ekstraditsiya so‘rovi bilan xalqaro qidiruvga bergan O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot tizimlariga topshirish masalasi ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.

Sharqiy Sibir bo‘yicha transport politsiyasi matbuot markazining xabar qilishicha, shu yilning 27 iyunida Tayshet bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 118-moddasi 2-qismi (Jinsiy tajovuz) asosida xalqaro qidiruvda bo‘lgan yana bir o‘zbek mardikori qo‘lga olingan.

O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilayotgan va ismi aytilmayotgan 24 yoshli bu shaxsning Rossiyada 3 oy davomida yashirinib yurgani aniqlangan.
XS
SM
MD
LG