Линклар

Farg‘onada benzin hamon taqchil


O‘zbekistonni neft maxsulotlari bilan ta‘minlovchi zavodiga ega Farg‘ona viloyatida yana benzin taqchilligi kuzatilmoqda. Avtomobillari suyultirilgan gaz yoki dizelda yuruvchi haydovchilar uchun ahvol bundan ham battar.

O‘zbekistonni neft maxsulotlari bilan ta‘minlovchi zavodiga ega Farg‘ona viloyatida yana benzin taqchilligi kuzatilmoqda. Avtomobillari suyultirilgan gaz yoki dizelda yuruvchi haydovchilar uchun ahvol bundan ham battar.

Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy, Toshloq, Oltiariq, Chimyon tumanlaridagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari oldida uzundan-uzun avtomobillar navbati yuzaga kelgan.

- Narxi ikki yarim mingdan tortib ketaveradi, to‘rt minggacha. Hammasi qo‘lda. Zapravkada benzin topolmaysiz. Zapravkaga kelsa ham, qo‘lga tushib ketadi. Hammasi qo‘lda hozir,- deydi farg‘onalik haydovchi Muhammadjon.

Avtomobillari suyultirilgan gaz yoki dizel yonilg‘isida yuruvchi haydovchilar uchun ahvol bundan ham battar. Zapravkalarda avtomobillar bir kilometrdan oshiq navbatga tizilib, bir necha soatdan kutishlariga to‘g‘ri kelmoqda, deydi yana bir farg‘onalik.

- Benzinku oldingiga qaraganda yaxshi, lekin dizel va gaz ancha qiynayapti. Dizel 3000-3500 so‘mga chiqib ketgan litri. Keyin gaz zapravkalar ham narxni ko‘tarishvordi,- deydi farg‘onalik Rasul.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda siqilgan tabiiy gaz va suyultirilgan uglerod gazdan foydalanuvchi avtomobillar ulushi 17 foizni tashkil etadi.

2012 yilning 1 yanvaridan O‘zbekiston AYoQShlarida Ai-80 benzini va dizel yonilg‘isi narxi 1605 so‘m, Ai-91 benzini 1770 so‘m, Ai-95 benzinining narxi esa 1955 so‘m qilib belgilangan.

Benzin taqchilligi yuzaga kelgani haqidagi xabarlar xususida Farg‘ona viloyat hokimligi rasmiylaridan izoh bo‘lmadi.

O‘tgan oyda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyatidan o‘ttizga yaqin mulozim hibsga olingan edi.

Ularning hibsga olinishi sabablari noma‘lum. Aytilishicha, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining avvalgi rahbariyati vodiyda sun‘iy benzin taqchilligini paydo qilish orqali qo‘shimcha daromad qilib kelgan.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati o‘zgarishi ortidan vaziyat bir muncha yaxshilana boshlagan, deydi mazkur zavodda uzoq yillar ishlagan farg‘onalik huquq faoli Ismoil Mallaboyev .

- Qo‘lda ham sotilyapti, zapravkalarda ham bor. Zavod shu yerdaku. Yaqinda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga shu yerda o‘sib ulg‘aygan Shamsiddin Saidahmedov qaytadan boshliq etib tayinlandi. Bilasiz, zavodning oldingi rahbarlarini olib ketishgan. Mana endi Shamsiddin hammasini qo‘lga olyapti,- deydi Ismoil Mallaboyev.

Avvalroq, O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham misli ko‘rilmagan benzin taqchilligi yuzaga kelgan va bu hol benzin chayqovchiligini kuchaytirib yuborgan edi.
XS
SM
MD
LG