Линклар

Futbol bo‘yicha 2014 yilgi Jahon chempionati saralash 4-bosqich 4-tur bahslari doirasida o‘tadigan O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqaradi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi ma‘lum qildi.

11 sentyabr kuni Toshkentda o‘tadigan uchrashuvda referi Benjamin Uilyams bosh hakamlik qiladi. Unga qanotlarda Mettyu Krim va Xoqon Anaz yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida Kristofer Bizz ko‘rsatilgan. Avstraliyalik hakamlar ishini singapurlik Shamsul Maydin nazorat qiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yili Braziliyada o‘tadigan Jahon chempionati saralash 4-bosqichi “A” guruhida ikki uchrashuvdan so‘ng bir ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Janubiy Koreya terma jamoasi esa, hisobida olti ochko bilan, guruh peshqadami bo‘lib turibdi.

11 sentyabr kuni O‘zbekiston – Janubiy Koreya o‘yinidan tashqari, Livan va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ham bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG