Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:39

London Olimpiadasida 6000 doping testi o‘tkaziladi


Jahon Antidoping Agentligi ma‘n qilingan dori iste‘mol qiluvchi sportchilarni London Olmipiadasida ishtirok etishdan ixtiyoriy ravishda voz kechishga chaqirdi.
Agentlik rahbari Jon Faheyga ko‘ra, bu safar sportchilar noqonuniy dorilar ishlatilishi bo‘yicha oldindan tekshriladi.
Antidoping agentligi 27 iyuldan 12 avgustga qadar qariyb 6000 doping testi o‘tkazishi aytilmoqda.
- Bu yilgi Olimpiada o‘yinlari tarixdagi eng puxtalik bilan tekshirilgan sport tadbiri bo‘ladi. Doping qabul qilgan sportchilar butun tadbir davomida tekshiruv juda jiddiy bo‘lishini oldindan bilishlari shart, - deydi Jon Fahey.
2010 yili Guanjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekistonning ikki kurashchisi doping testidan o‘ta olmay, tadbirdan chetlatilgan edi.
XS
SM
MD
LG