Линклар

Qozog'istonda bahslarga sabab bo'lgan "bo'salar marafoni" bekor qilindi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, hech qanday mukofot va'da qilinmagan marafonda tekinga qatnashadiganlar soni juda oz bo'lgan.

Tadbir tashkilotchilari Qozog'istonda "o'z hissioyatlarini bepulga oshkor qila oladiganlar soni juda ozligidan chuqur taassufda" ekanlarini aytishmoqda.

Avvalroq Qozog'iston musulmonlar diniy boshqarmasi 13 iyul kuni Ostona shahrida boshlanadigan "bo'salar marafoni"ni boykot qilish taklifi bilan chiqqan edi.

Diniy boshqarma eng uzoq cho'zilgan bo'sa bo'yicha rekord qo'ymoqchi bo'lgan marafonni "ommaviy behayolik" deya atadi va unda qatnashmoqchi bo'lganlarni "bokiralik, axloq va nomus"ni saqlab qolishga chaqirdi.

13 iyul kuni boshlanishi kutilgan "bo'salar marafoni" tashkilotchilari eng uzoq davom etgan bo'sa bilan Ginnes rekordlari kitobi kirishni rejalashtirishgan edi.
XS
SM
MD
LG