Линклар

FIFA chorshanba kuni tashkilotning sobiq prezidenti Joao Avelanj va Braziliya futbol konfederatsiyasi sobiq rahbari Rikardo Teyshera Jahon chempionati o‘yinlarini translyatsiya qilish uchun manfaatli bo‘lgan shartnomalar evaziga pora olganlarini rasman tasdiqladi.

Poraga berilgan pullar International Sport and Leisure marketing agentligi hisobiga o‘tkazilgan. Keyinroq bu agentlik bankrot deb e‘lon qilingan.

Ma‘lumotga ko‘ra, Avelanj 1997 yilda agentlikdan bir yarim million shveytsariya franki miqdorida pul olgan. Teysheraga esa agentlik 1992 yildan 1997 yilgacha 13 million shveytsariya franki miqdorida pul o‘tkazib bergan.

Xalqaro ommaviy axborot vositalari bosimi ostida yoyinlangan FIFA hujjatida Shveytsariya Oliy sudi mazkur ikki amaldorning pora olganini 2010 yilda aniqlagani ta‘kidlanadi.

Bu ikki shaxs keltirilgan ziyonni to‘lab bergani uchun ularga nisbatan jinoyat ishi ochilmagan.
XS
SM
MD
LG