Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:56

O‘zbekistonda noyob ko‘za topildi


O‘zbekistonda eramizgacha bo‘lgan 1 asrda yoki eramizning 1 asrida yasalgani taxmin qilinayotgan ko‘za topildi.

Qizil tuproqdan yasalgan unikal ko‘zani Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Kavardan qishlog‘i aholisi nomsiz tepalikdan topgan.

Ekspertlarga ko‘ra, bu kabi ko‘zalar O‘zbekiston hududida avval topilmagan. Arxeologiya muzeyi rasmiysi Vazgen Minasyants ko‘zaning noyob topilma ekanini tasdiqladi.

Topilma O‘zbekiston tarix muzeyi kollektsiyasiga o‘tkazib berildi.
XS
SM
MD
LG