Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:54

Dushanbe Toshkentdan chegarani ochishni so‘radi


O‘zbekiston bilan Tojikiston rahbarlari o‘rtasidagi ziddiyat sabab oddiy odamlar sarson.
O‘zbekiston bilan Tojikiston rahbarlari o‘rtasidagi ziddiyat sabab oddiy odamlar sarson.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistondan Samarqand bilan Panjikent o‘rtasidagi chegara punktlarini ochishni iltimos qilmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga yuborilgan xatda uch yil avval mazkur punktining yopilganidan chegaraning ikkala tarafidagi aholi aziyat chekmoqda, deyiladi. O‘zbekistonning bir taraflama tarzda chegara punktini yopib qo‘ygani turizm, savdo-sotiq sohalariga ziyon keltirdi va o‘zaro bodi-keldini uzib qo‘ydi degan fikrni oddiy odamlar ham tasdiqlashmoqda.

O‘zbekistonning Samarqand viloyati va Tojikistonning Panjikent tumani o‘rtasidagi chegara punktlari bundan uch yil avval Toshkent tomonidan hech bir izohsiz bir taraflama tarzda yopib qo‘yilgan edi.

O‘shanda beri nafaqat chegara oldida yashovchi o‘zbek va tojiklarning bordi-keldisi to‘xtab qoldi, balki ikki mamlakatning o‘zaro savdo-sotiq va turizm sohalariga jiddiy zarar yetdi, demoqda Tojikiston rasmiylari.

So‘g‘d viloyati Zarafshon tumani hokmiligining turizm bo‘yicha mulozimi Zafar Norov, bir paytlar xorijiy sayyohlar qadimiy Panjikentni ko‘rish uchun Samarqand orqali kelishardi, ya‘ni bu O‘zbekiston uchun ham qo‘shimcha daromad keltirardi, deydi.

- Hozir bir yo‘la Samarqandga borib, u yerdan Panjikentga o‘tishni istagan sayyohlar Jartepadagi chegara postiga kelib, chegara yopiqligidan xafsalalari pir bo‘lib qaytib ketyapti. Ular endi Toshkentga qaytib, u yerda Dushanbega o‘tishlari, undan keyin Dushanbe orqali Xo‘jandga kelishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Avvallri bir mavsuda 20 ming sayyoh kelsa, o‘shalarning 15 minggi bir kunlik sayyoh bo‘lgan. Ya‘ni ertalab Panjikentga kelib, qadimiy joylarni ko‘rib, kechqurun yana Samarqandga qaytib ketishardi, deydi Zarafshon tumani rasmiysi.

Samarqandining Urgutida yashaydigan Nozim Bo‘riyev ham O‘zbekiston hukumati o‘zbekistonliklar zarariga chegarani yopib qo‘yganini tushunmaslingini aytadi. Samarqandaning chegaraoldi aholisi dehqonchilik bilan shug‘ullanadi, chegara ochiqligida oladigan daromadi ham barakli edi, deydi Nozim aka.

- Albatta, albatta. Mana biz Tojikistonga borib savdo qilib kelardik. Ayrim narsalar u yoqda arzon edi. Bular bizlardan olib ketardi. Juda yaxshi bo‘lardi shu. Hozir bunaqa yo‘q. Dehqonchilik qilamiz bizlar ham. Qani kartoshkalarni u yoqqa olib borsak. Mana bu yil g‘alla juda mo‘l bo‘ldi. G‘alla hozir 400 so‘m bo‘lib yotibdi. Mo‘l-ko‘lchilik hozir. Qani u yoqqa borib qimmatroqdan sotsa fermerlar yoki odamlar. O‘ziga foyda emasmi? Bizlarda bu yil juda g‘alla zo‘r bo‘ldi. U yoqda qimmat sotadi bu yoqdan olib borganlar. Bizlarda mo‘l-ko‘lchilik u yoqlarga qaraganda, der ekan urgutlik suhbatdoshimiz Tojikiston tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston hukumatiga yuborgan xat ostiga imzo chekishga tayyorligini qo‘shimcha qiladi.

Uning aytishicha, chegara yopilganidan beri o‘zbekistonliklar qo‘shni mamakatdagi qarindoshlarinikiga hafta bir martagina o‘tishlariga ruxsat beriladi.

Chegara oldida yashovchi o‘zbekistonliklar haftada bir marta bo‘lsa ham vizasiz Tojikistonga o‘tish huquqi bor. Tojikistonliklar Samarqanddagi qarindoshlarini ko‘rish uchun O‘zbekiston elchixonasidan viza olishlari kerak. Panjikentlik Abdulxoshim Abduraxmonov gapiradi.

- Xesh, yaqin qarindosh borib kelishardi. Ana endi yo‘l mahkam borolmaydi. Mening bir o‘rtog‘im bor. Juda ajoyib shoir do‘stimiz bor Toshkanboy Nosirov deymiz. O‘zbekistonda mashhur shoir. Borib kelishimiz bor edi. To‘ylarga da‘vat qilardi. Uning bir kitob to‘ylarini o‘tkazardik. Ular kelishardi. Ana endi bir-birimizni ko‘ra olmayapmiz. Hattoki bir kun bechora telefon qilib yig‘ladi. Diydorimizdan benasib qilishdi. Bilmadim sabab nima bunga. 30 kilometrlik joyda, yarim soatlik yo‘lning o‘rniga u Xo‘jandga borib, viza olib, Xo‘janddan ming azob bilan kelishi kerak. Juda ham qiyin bo‘lib ketdida. Mana shunday holat 2-3 yildan beri davom etayaptida. Mana Panjakentda juda ko‘p o‘zbeklar yashaydi. Urgutda tojiklar juda ko‘p yashaydi. Bir-biridan ajralib bechoralar bir-birining diydoridan benasib bo‘lib qoldi, deydi panjikentlik Abdulxoshim Abduraxmonov

Tojikiston hukumati Toshkentga yo‘llagan maktubiga qanday munosabat bo‘lganini bilish uchun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga qilgan murojaatimiz javobsiz qoldi.
XS
SM
MD
LG