Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:31

O‘zbekistonda Islom dini kelajagini qanday ko‘rasiz?


Ozodlik Online dasturining navbatdagi sonida ana shu mavzuda bahs boradi.

Kelasi hafta bir yarim milliardlik musulmon dunyosi uchun muqaddas Ramazon oyi boshlanadi.

Yozning kunlari uzun va issiq bo‘lishiga qaramasdan millionlab o‘zbekistonliklar ham ro‘za tutadi.

Aholisi o‘ttiz millionga yetib qolgan O‘zbekistonning 90 foizi musulmondir. O‘zbekiston musulmon jamoasi nafaqat Markaziy Osiyoda, balki sobiq ittifoq respublikalari orasida ham eng katta hisoblanadi.

O‘zbekistonda 1998 yilga qadar rasman ro‘yxatdan o‘tgan masjidlar soni yetti mingdan oshar edi. 1998 yil hukumat diniy tashkilotlarni qayta ro‘yxatga olish siyosatini boshlagach, rasmiy masjidlar soni ikki mingdan sal ko‘proqni tashkil qiladi.

O‘zbekiston musulmonlarining diniy amallari, jumladan Xaj ziyoratini ado etishlari, masjidlarda namoz o‘qishlari, diniy bilim olishlari davlat tomonidan nazorat qilinadi.

Shuningdek, inson huquqlari faollarining ta‘kidlashicha, diniy motivlar bilan qamalganlar soni yetti mingdan o‘n besh minggachani tashkil qiladi.

O‘zbekiston bir tomondan Islom rivojiga hissa qo‘shgan ajdodlari bilan faxrlansa, boshqa tomondan, xalqaro tashkilotlar uni diniy erkinliklar cheklangan mamlakatlar qatoriga qo‘yadi.

Xo‘sh, Siz O‘zbekistonda Islom dinining kelajagini qanday ko‘rasiz? Davlatning Islom va musulmonlarga doir siyosatini qanday baholaysiz? Sizningcha, kelajakda Islom dinining yo‘nalishi, diniy olimu ulamolarning faoliyati qanday bo‘lishi kerak? Davlatning din borasidagi siyosati-chi?

Ozodlik Online dasturining kelasi dushanba, 16 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan Toshkent vaqti soat 22:00 da Ozodlik Radiosi Internet sayti va Facebookdagi sahifasida jonli tarzda efirga beriladigan soni mavzusi ana shu haqda.

Ozodlik Online – bu siz uchun fikr bildirish imkoniyati! Biz bilan bog‘laning! Fikringizni jonli efir orqali bildiring!

“Ozodlik Online” dasturida Ozodlikning “Facebook” va “Twitter” dagi sahifasi orqali ham qatnashish mumkin. Ayni paytda savol va sharhlaringizni +420 724 971 539 raqamiga SMS tarzida yo‘llashingiz ham mumkin.
XS
SM
MD
LG