Линклар

logo-print

Ismim Dilnoza. 5 yildan beri Koreyada yashayman. Bu xatni yuborishdan maqsadim Koreyaga kelgan o‘zbek qizlarining men kabi xatoga yo‘l qo‘yishlarining oldini olish.

Bundan 5 yil avval Koreyaga erga tegish agentligi borligini eshitib, oilada eng katta farzand bo‘lganim uchun¸ uydagilarga yordam berish va baxtli bo‘lish niyatida vodiydan Toshkentga yo‘l oldim.

Agenstvoga Koreyadan xar xil kuyovlar kelardi. Biri uylanib ajrashgan bo‘lsa, biri uylanmagan.

Menga uylanib ajrashgan koreys kuyov yoqdi. Agenstvodagilar birinchi xotinidan qolgan bolasi borligini, faqat birga turmasligini aytishdi.

To‘y ham bo‘ldi. Bir oydan keyin Koreyaga keldim. Turmush o‘rtog‘im yashaydigan uyiga olib keldi meni.

Uyga kirganimda, ikki nafar qizini ko‘rib, agenstvodagilar meni aldashganini tushundim. Qizlari biz bilan turarkan. O‘sha kundan boshlab tinchim yo‘qoldi.

Koreyada to erga bergunicha farzandlariga ish qildirmaydi. Ota-ona va Koreya davlati farzandlariga o‘qish uchun sharoit yaratib beradi.

Koreyaga printsessa bo‘lib yashayman¸ deb kelgandim. Afsus¸ umidim chippakka chiqib, xizmatkor bo‘ldim.

Juda qiynaldim. Boshqa davlat, boshqa til, boshqa madaniyat... Kimga dardimni aytishni bilmasdim.

Bir kun Internet orqali o‘zbek yigiti bilan tanishib qoldim. U juda ham kelishgan va chiroyli edi.

U bilan Seulda tez-tez uchrashib turadigan bo‘ldik. O‘rtamizda sevgi paydo bo‘ldi.

Bu orada men homilador bo‘lib qoldim. Lekin bola kimdan ekanligini bilmasdim.

To‘qqiz oy o‘tib farzand ham tug‘ildi. O‘g‘il farzand ko‘rdim. Farzandimning otasi o‘sha o‘zbek yigit edi.

Koreys turmush o‘rtog‘im farzand bo‘lmasligi uchun o‘zini operatsiya qildirgan ekan.

O‘zbek yigitimni onasi chaqirib O‘zbekistonga ketdi. Ketishdan oldin “Seni tashlab qo‘ymayman” deb va‘dalarni berib ketdi.

O‘zbekistonga borib uylandi, yaqinda farzandli ham bo‘ldi. Telefon, Internet orqali gaplashib turamiz. Lekin bergan va‘dasining ustidan chiqmadi.

Turmush o‘rtog‘im meni doim xo‘rlaydi, bolamni ham uradi. Menga ham qo‘l ko‘taradi.

Qayerga borishni, kimga dardimni aytishni bilmayman.

O‘zbekistonga qaytib ketgim keladi, lekin u yerda hayot og‘ir va ish yo‘q.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG