Линклар

Braziliyaning San Paulu shahri yaqinida noma‘lum shaxslar tomonidan payshanba kuni sakkiz kishi otib o‘ldirildi, bir kishi yaralandi.

Politsiya tarqatgan ma‘lumotda aytilishicha, hujumchilar mototsikllarda harakatlanishgan va San Pauludagi “Palmeyras” futbol klubining Braziliya kubogida erishgan g‘alabasini tantanali nishonlayotgan odamlarga qarata o‘q otishgan.

Hujumchilar nega bunday harakat qilgani qorong‘uligicha qolmoqda. O‘ldirilganlardan biri “Palmeyras” klubi ishqibozi bo‘lmagani ham aniqlangan.
XS
SM
MD
LG