Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:01

O‘zbekistonda har o‘n odamning biri to‘yib ovqatlanmaydi


O‘z so‘nggi hisobotida shunday raqamni keltirgan Economist Intelligence Unit iqtisodiy tahlil markazining 105 davlatdagi ahvol tahlil qilingan "Oziq-ovqat xavfsizligi indeksi"da O‘zbekiston 72-o‘ringa qo‘yildi.

O‘zbekistonda odamlarning o‘rtacha kundalik ovqatlanish ratsioni kerakli normadan 180 kaloriya kamdir.

Shunga qaramay¸ oziq-ovqat sifati va xavfsizligi reytingda O‘zbekistonga 100 ballik shkala bo‘yicha 93.9 ball berilgan.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti normasiga ko‘ra, bir odam kuniga o‘rta hisobda 1800-2000 kaloriya ovqatlanishi kerak.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti o‘lchamlariga ko‘ra, kuniga 1800 kaloriyadan kam miqdorda oziqlanish ochlik bilan baravardir.

Bu miqdor odamning sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun eng minimum me‘yor hisoblanadi.

O‘zbekiston to‘yib ovqatlanmaslik darajasi "o‘rtacha" bo‘lgan davlatlar sirasiga kiritilgan.

EIU mutaxassislariga ko‘ra, yillik yalpi ichki mahsuloti 83.0 milliard dollarni tashkil etuvchi 29 mllion aholiga ega O‘zbekistonda aholining 11 foizi to‘yib ovqatlanmaydi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash rasmiylari mamlakatda kaloriya yetishmasligi muammosi yo‘qligini aytib kelishadi.

Mamlakatdagi Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari ham shu fikrda.

- Aholining kundalik ovqatlanish kaloriyasi hatto xalqaro mezonlardan ham baland. Kaloriya yetishmasligi bo‘yicha bizda muammo yo‘q, Bizda aynan oziq-ovqat sifati va xavfsizligi bo‘yicha gapiradigan bo‘lsak, bu masalaga hukumat tarafidan katta e‘tibor qaratiladi¸ dedi Sog‘liqni saqlash xodimlaridan biri.

105 mamlakatni o‘z ichiga olgan hisobot odamlarning ovqatlanish imkonlari va oziq-ovqat mahsulotlari sifati kabi omillarni o‘z ichiga olgan.

Aholisi eng sifatli oziq-ovqat iste‘mol qiladigan davlatlar uchligiga AQSh, Daniya, Norvegiya kirgan.

Ovqatlanish bilan bog‘liq eng abgor ahvol esa Afrikaning Efiopiya, Ruanda, Nigeriya va Mozambik davlatlaridadir.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha 53-o‘rinda Tojikistonga esa 84-o‘rin berilgan. Qirg‘iziston va Turkmaniston ro‘yxatga kiritilmagan.

Economist Intelligence Unit hisobtida ta‘kidlanishicha, hatto dunyoning eng boy mamlakatlarida ham aksar aholi sifatli oziq-ovqat iste‘mol qilmaydi.

Bunday mamlakatlarda odamlarning kundalik ovqatlanish ratsioni 1200 kaloriyani tashkil qilsa-da, ular istemol qiladigan mahsulotlarda odam organizmi uchun foydali mikroelementlar yetishmaydi.

BMT Oziq-ovqat dasturiga ko‘ra, bugungi kunda yer yuzi aholisining 17 foizi doimiy ochlikni boshidan kechirmoqda.

Yaqin o‘n yil ichida yer kurrasida ochlar sonining ikki baravar ortishi kutilyapti.
XS
SM
MD
LG