Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:22

O‘zbekistonlik o‘quvchi Italiyada konkurs g‘olibi bo‘ldi


Italiyaning Milan shahrida o‘tkazilgan yosh pianinochilar konkursida o‘zbekistonlik Iskandar Mamadaliyev g‘olib chiqdi.

“Piano Talents” nomli mazkur konkursda O‘zbekiston vakillari ilk bor ishtirok etdi.

“V.Uspenskiy” nomidagi Respublika musiqa akademik litseyi o‘quvchisi bo‘lgan Iskandar Mamadaliyevga “Piano Talents” xalqaro konkurs laureati unvoni va “Absolyut” mukofoti berildi.

Konkursda Janubiy Koreya, Latviya, Indoneziya, Ispaniya, Norvegiya, Polsha, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Eron, Yaponiya, Yangi Zelandii va italiyalik iqtidorli pianinochilar qatnashdi.
XS
SM
MD
LG