Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:16

Rossiya futbol jamoasiga Kapello murabbiylik qiladi


Fabio Kapello
Fabio Kapello
Rossiyaning futbol bo‘yicha milliy terma jamoasiga Fabio Kapello murabbiy etib tayinlandi.

Yangi murabbiy bilan shartnoma 2014 yil Braziliyada bo‘ladigan jahon chempionati tugaguniga qadar amalda bo‘ladi.

“Sport Express” jurnalining yozishicha, italiyalik Kapello yiliga 6 million yevrolik haq evaziga Rossiya jamoasiga murabbiylik qilishga rozi bo‘lgan.

Rossiya Yevro 2012 o‘yinlarining dastlabki bosqichida muvafaqiyatsizlikka uchrashi ortidan jamoa murabbiysi xollandiyalik Dik Advokat iste‘fo bergan edi.

66 yashar Fabio Kapello o‘tmishda Italiyaning Milan, Rim va Yuventus jamoalariga hamda Angliya terma jamoasiga murabbiylik qilgan.
XS
SM
MD
LG