Линклар

“O‘zdunrobita” uyali telefon shirkatining yana ikki rahbariga xalqaro qidiruv e‘lon qilingan.

O‘zbekiston bosh prokuraturasi rasmiy bayonotida “O‘zdunrobita” rahbari muovini Rahim Ergashev va uning o‘g‘li, shirkatning rouming departamenti rahbari bo‘lib ishlagan Bahrom Ergashev “O‘zdunrobita” bosh direktori bo‘lgan kuyovlari, Behzod Ahmedov rahbarligi ostidagi jinoiy to‘da a‘zolari sifatida qidirilayotgani aytiladi.

O‘z navbatida MTS uyali telefon shirkati O‘zbekiston rahbariyatiga murojaat etib, O‘zbekistondagi bo‘limlari tekshiruv jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol qonunbuzarliklarni to‘xtatishni talab qilgan.

Shirkat rasmiy bayonotida aytilishicha, O‘zbekistondagi 100 foizlik shu‘ba shirkati bo‘lmish "O‘zdunrobita"ning moliyaviy-xo‘jalik ishlari amaldagi O‘zbekiston qonunchiligi me‘yorlari buzilgan holda amalga oshirilmoqda.

Tekshiruvlar ortidan MTSning O‘zbekistondagi rahbari Behzod Ahmedovning qochib ketgani xabar qilingan edi.

Ahmedovning qayerdaligi hali hanuz qorong‘uligicha qolmoqda. Jumladan, "O‘zdunrobita"ning vaqtinchalik rahbarlari Temirmalik Olimov va Rossiya fuqarosi bo‘lgan Radik Dautovlar 520 million dollarlik mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirgan, degan asossiz ayblovlar bilan asossiz hibsga olingan.

Shuningdek, "O‘zdunrobita"ning yana yigirmaga yaqin xodimi, jumladan shirkat rahbari muovinlari Azizullo Mirzamoydinov, Aziz Rahimov va Alisher Muhamedovlar ham hibsga olinib, tinimsiz so‘roqqa tutilmoqda.
XS
SM
MD
LG