Линклар

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniya termasiga qarshi Amman shahrida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Dastlabki o‘yin 13 avgust kuni bo‘lib o‘tsa, ikkinchi o‘yin 15 avgustga rejalashtirilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi xabar berdi.

Federatsiyaga ko‘ra, dastlab har ikkala tomon 15 avgust kuni o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga kelishib olgan edi. Biroq keyinchalik O‘zbekiston tarafi Iordaniyaga yana bir qo‘shimcha o‘yin o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Amman shahrida o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlariga tayyorgarlikni 10 avgust kuni boshlaydi. 11 avgust kuni esa terma jamoa delegatsiyasi Iordaniyaga jo‘nab ketadi.

Eslatamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 11 sentyabr kuni 2014 yilgi Jahon chempionatining saralash 4-bosqich 4-tur o‘yinlari doirasida Toshkentda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
XS
SM
MD
LG