Линклар

Yevropa Futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYEFA) Yevropada to‘p suradigan eng yaxshi futbolchi unvoniga nomzodlar ro‘yxatini e‘lon qildi.

Yevropaning 53 davlatidan tanlangan sport jurnalistlari guruhi tarafidan tuzilgan ro‘yxatga 32 futbolchi kiritilgan bo‘lib, ularning 8 nafari Yevropa chempionlari bo‘lgan ispanlardir.

Ro'yxatning to'liq ko'rinishi:

Aguero (Argentina, "Manchester Siti"), Xabi Alonso (Ispaniya, "Real"), Balotelli (Italiya, "Manchester Siti"), Blaichikovski (Polsha, "Borussiya" D), Buffon (Italiya, "Yuventus"), Kasilyas (Ispaniya, "Real"), Chex (Chexiya, "Chelsi"), Koentrau (Portugaliya, "Real"), Devis (Uels, "Bangor Siti"), Drogba (Kot-d'Ivuar, "Chelsi), Fabregas (Ispaniya, "Barselona"), Falkao (Kolumbiya, "Atletiko"), Xart (Angliya, "Manchester Siti"), Ibrohimovich (Shvetsiya, "Milan"), Inyesta (Ispaniya, "Barselona"), Kagava (Yaponiya, "Borussiya" D), Kompani (Belgiya, "Manchester Siti"), Lempard (Angliya, "Chelsi"), Messi (Argentina, "Barselona"), Modrich (Xorvatiya, "Tottenxem"), O‘zil (Germaniya, "Real"), Pepe (Portugaliya, "Real"), Pirlo (Italiya, "Yuventus"), Serxio Ramos (Ispaniya, "Real"), Raul (Ispaniya, "Shalke"), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, "Real"), Runi (Angliya, "Manchester Yunayted"), David Silva (Ispaniya, "Manchester Siti"), Torres (Ispaniya, "Chelsi"), Yahyo Ture (Kot-d'Ivuar, "Manchester Siti"), van Persi (Gollandiya, "Arsenal"), Xavi (Ispaniya, "Barselona").

Ro‘yxat avgust oyida o‘tadigan ovoz berishdan so‘ng uch kishilik ko‘rinishga keladi.
Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi unvoniga nomzodlar orasida Osiyodan yaponiyalik Kagava ham bor.

Ro‘yxat favoritlari deb “Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Rolando va bu unvonga 2011 yili sazovor bo‘lgan “Barselona” o‘yinchisi Lionel Messilar aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG