Линклар

logo-print
Yahoo! korporatsiyasining yangi bosh rahbari etib Google shirkatida yuqori lavozimlarni egallab kelgan 37 yoshli Marissa Mayer tayinlarndi. Yahoo! tarqatgan ma'lumotga ko'ra, Mayer 17 iyuldan boshlab bosh direktorlik vazifasini bajarishni boshlaydi.

Mashhurligi bo'yicha dunyoda ikkinchi (5,8%) Internet qidiruv tizimi bo'lgan Yahoo! shirkatining bosh rahbari lavozimi 2012 yilning 13 mayidan bo'sh qolayotgan edi. Internet-shirkatning sobiq bosh rahbari Skot Tompson o‘z rezyumesida olgan ta‘limi haqida noto‘g‘ri ma‘lumot bergani sabab ishdan olingan edi.

Tompsonning rezyumesidagi “xato”ni Yahoo! hissadorlaridan biri bo‘lmish Deniyel Leb sezib qolgan. Kichik tekshiruvdan so'ng Tompson o‘z hujjatlarida ko‘rsatilganidek kompyuter texnologiyalari sohasida ilmiy darajaga ega emasligini aniqlagan edi.

Marissa Mayer Google shirkatida 13 yil davomida ishlab kelgan. So'nggi vaqtda u shirkatning xaritalar xizmati bo'yicha ishlovchi bo'limini boshqarib kelgan.

Yahoo! shirkati shu nomli online qidiruv tizimi, taniqli Yahoo Mail va Flickr xizmatlariga egalik qiladi. 2012 yilning birinchi yarmi xisobotlariga ko'ra, Yahoo.com sayti AQShda eng ko'p kirilgan to'rtinchi saytdir.

Shirkat 1994 yili Stenford universiteti bitiruvchilari Devid Faylo va Jerri Yanglar tarafidan tashkil qilingan.

Yangilanish: Mashable.com texno-blogi bergan xabarga ko'ra, Marissa Mayer ayni damda olti oylik homilador. Yahoo rahbariyati yangi bosh direktorni homiladirligiga "ijobiy qarashda" ekanini bildirib, xodimlarning oilaviy hayoti hurmat qilishini aytgan.
XS
SM
MD
LG