Линклар

logo-print

Shvetsiyaning Ostershund shahrida Obidxon qori Nazarovga suiqasd qilishda ko‘maklashganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ustidan sud mahkamasi seshanba kuni ham davom etdi.

Shvetsiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik imom Muhammadsolih Obutov ayblanuvchilar ko‘rsatmalari haqida sud zalida ko‘rganlarini Ozodlik tinlovchilariga gapirib bermoqda.

Obutovga ko‘ra, seshanba tushgacha suiqasd ijrochisi deb ko‘rilayotgan Yuriy Jukovskiy bilan uchrashgan sudlanuvchi Nodira Aminovaning dugonalari teleko‘prik tarzida ko‘rsatma berishgan. Lekin ular sud ishtirokchilariga yuzlarini ko‘rsatishga rozi bo‘lmagan va zaldagilar bu payt tashqariga chiqib turishga majbur bo‘lgan.

Obutovga ko‘ra, mahkamada ko‘rsatma bergan Nodira Aminova va Bahodir Po‘latov prokurorning savollar yomg‘iriga dosh berolmasdan yig‘lab yuborishgan.

Muhammadsolh Obutov O‘zbekiston fuqarosi Bahodir Po‘latov xotini (Nodira Aminova) bergan ko‘rsatmalarning ayrimlarini tasdiqlagani, ba‘zi ko‘rsatmalari esa bir-biriga zid bo‘lganini aytadi.

Muhammadsolih Obutov bilan suhbatni quyida tinglang.



Bahodir Po‘latov va Nodira Aminova ustidan sud 12 iyul kuni Ostershund shahar sudida boshlandi.

Abutovga ko‘ra, Nodira Aminova suiqasd ijrochisi deb ko‘rilayotgan shaxsni (Ozodlik avvalroq uning 1978 yilda tug‘ilgan Yuriy Jukuovskiy haqida xabar bergan edi) tanishi, u Shvetsiyadaligi paytida uylarida yashagani, unga mehmonxona topish, ijaraga mashina olishda ko‘maklashgani va unga tarjimonlik qilganini tan olgan.

Shuningdek, prokuror savollariga javob bergan Nodira Aminova suiqasddan oldin Obidxon qori Nazarov va uning oila a‘zolari to‘g‘risida ma‘lumotlar to‘plagani va bu ma‘lumotlarni keyinchalik kompyuteridan o‘chirib tashlaganiga ham iqror bo‘lgan. Lekin u ukasi (Ozodlik avvalroq uning ismi Umid ekani va Moskvada yashashi haqida xabar bergan edi) iltimosiga ko‘ra to‘plangan ma‘lumotlarni suiqasd ijrochisi deb ko‘rilayotgan shaxsga bermagani, ukasi ham bu ma‘lumotlarga qiziqish bildirmaganini ham qo‘shimcha qilgan.

Nodira Aminova ham, ukasining iltimosiga ko‘ra, eri bilan Stromshund shahriga borganlari Lekin u yerga Nazarovning orqasidan kuzatgani emas, boshqa odamni qidirib borganlarini ta‘kidlagan.

Prokuror Nodira Amionovaning, suiqasd ijrochisi deb gumonlanayotgan shaxs bilan telefon va SMS orqali qilgan muloqotlari ro‘yxatini sudga taqdim qilgan. Östersunds-Posten muxbiriga ko‘ra, bu ro‘yxat ancha uzun bo‘lgan.

Prokuror Nodira Amionovaning O‘zbekistondaligi paytida qayerda ishlagani va maoshi qancha bo‘lganini so‘radi. Nodira Amionova bir necha joyda ishlagani oyiga 300 dollardan ko‘proq pul topganini gapirib berdi.

Prokuror “aytaylik, siz maksimum 500 dollar atrofida topgan ekansiz... 2010 yilda yarim yil ichida 25 ming dollar pulni qanday topdingiz”, deb so‘radi.

Nodira Amionova bu pulni yirik shirkatda ishlaydigan bir tanishidan olganini aytdi. Unga ko‘ra, bu pulni Shvetsiyada yashash maqomiga ega bo‘lish uchun rasmiylarga yetarli puli bo‘lganini ko‘rsatish uchun qarzga olgan va keyinchalik qaytargan.


Sud zalidan xabarlarni kun davomida Ozodlik saytida kuzating.

54 yoshli Obidxon qori Nazarov 22 fevral kuni Stromshund qishlog‘idagi uyi oldida noma‘lum shaxs tomonidan o‘qqa tutilgan va boshidan jarohatlangan edi. U hamon Shvetsiyaning Umio shahridagi klinikada koma holatida qolmoqda.

Obidxon qori Nazarov O‘zbekiston maxsus xizmatlari ta‘qibi ostida 1998 yilning bahorida o‘z uyini tark etgan.

2000 yilda qo‘shni Qozog‘istonga o‘tib, u yerda 2006 yil bahoriga qadar yashirin hayot kechirgan.

2006 yilning martida BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha oliy komissarligi tomonidan qochqin, deb tan olingan Obidxon qori Nazarov Shvetsiyadan siyosiy boshpana olgan.
XS
SM
MD
LG