Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:00

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi otishma: qurbonlar bor


O‘zbek-qirg‘iz chegarachilari o‘rtasida bo‘lgan otishma chog‘ida bir odam o‘lgani va ikki odam yaralanganini Qirg‘iziston rasmiylari tasdiqladi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati qoshidagi Chegara xizmati rasmiysi Gulmira Bo‘riboyevaning ma‘lum qilishicha, o‘zbek va qirg‘iz chegarachilari o‘rtasidagi otishma 17 iyul kuni Jalolobod viloyati Olabuqa tumanidagi Buloqboshi qishlog‘i yaqinida joylashgan chegara hududida sodir etilgan. Otishma chog‘ida bir nafar qirg‘iz chegarachisi halok bo‘lgan, ikki nafar qirg‘izistonlik o‘qotar quroldan jarohat olgan.

O‘zbekiston tomonida ham halok bo‘lganlar borligi ayilmoqda. Biroq O‘zbekistonda halok bo‘lgan va jarohatlanganlar soni qanchaligi haqida aniq ma‘lumot yo‘q. Rasmiy Toshkent hozircha bo‘lib o‘tgan voqeaga o‘z munosabatini bildirmadi.

Qirg‘iziston Chegara xizmati tarqatgan ma‘lumotda aytilishicha, 17 iyul kuni Ko‘ktosh-Buloqboshi avtomobil yo‘lini ta‘mirlash ishlari olib borilgan. Yo‘lining bir qismi bahsli hudud bo‘lib hisoblangan. Asosan mahalliy aholi vakillaridan iborat bo‘lgan yo‘l ta‘mirchilari yo‘lning bahsli hududdan o‘tuvchi qismini ham ta‘mirlay boshlagan. Qirg‘iziston Chegara xizmatining ma‘lum qilishicha, mahalliy aholi mazkur hudud bahsli ekani haqida ta‘mirchilarga ogohlantirish bergan. Ammo shunga qaramay, mahalliy aholi ishni to‘xtatmagan.

Shundan so‘ng qirg‘izistonliklar bilan gaplashish uchun O‘zbekiston chegarachilari kelgan. Ammo o‘rtada dahanakai jang boshlanib, o‘zbek chegarachilari qirg‘izistonliklarga qarata o‘q otgan. Qirg‘iziston chegarachilari vatandoshlarini himoya qilish maqsadida o‘t ochishga majbur bo‘lgan. Qirg‘iziston Chegara xizmatining rasmiy versiyasida mana shunday ma‘lumot beriladi.

Mazkur fojeali voqeadan so‘ng Qirg‘iziston Chegara xizmati rahbari Zokir Tilenov O‘zbekiston Chegara xizmati rahbari bilan telefon orqali suhbatlashdi. Tomonlar vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish masalasini muhokama qilgan. Ayni paytda voqea joyida tegishli tashkilotlar tekshiruv-tergov ishlarini olib bormoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara chizig‘i bir yarim ming kilometrni tashkil qiladi. Bu hududning 300 kilometri bahsli bo‘lib hisoblanadi.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi tarqatgan ma‘lumotda aytilishicha, yil boshidan beri O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida to‘rtta janjalli vaziyat sodir bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG