Линклар

Bahodir Qo‘chqorov London olimpiadasi, mintaqa futboli va professionalizm haqida


Referilar Bahodir Qo'chqorov (chapda) va Ravshan Ermatov.

Referilar Bahodir Qo'chqorov (chapda) va Ravshan Ermatov.

O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov va Abdulhamid Rasulov hamda qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorovdan iborat referilar guruhi London olimpiadasida hakamlik qilish uchun bugun Buyuk Britaniyaga uchib ketishadi.

Safar oldidan Ozodlikka intervyu bergan Bahodir Qo‘chqorovning aytishicha, shu kungacha Markaziy Osiyo mintaqasidan biror guruh yoki yakka hakam jahon olimpiadalarida sudyalik qilgan emas.

Jahon darajasidagi o‘nga yaqin musobaqalarda o‘zbekistonlik hamkasblari bilan hakamlik qilgan Qo‘chqorov bugungi kunda dunyoda futbol o‘ta tez rivojlanayotganini, o‘yin yanada ko‘proq shiddat kasb etganini aytdi.

Bahodir Qo‘chqorovga ko‘ra, Markaziy Osiyoda ham futbol rivoji uchun ko‘p ishlar qilinayapti, biroq buning uchun bolalar futboliga yanada ko‘proq e‘tibor qaratish kerak. U mintaqada futbolni rivojlantirish uchun sohaga Yevropada bo‘lgani kabi professional yondoshuvni shakllantirish kerak, degan fikrda.

Bahodir Qo‘chqorov bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG