Линклар

logo-print
Osiyoning so‘nggi to‘rt yillikdagi eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov Londonda o‘tadigan yozgi olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun 17 iyul kuni Buyuk Britaniyaga uchib ketdi.

Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi ma‘lum qildi.

Londonda Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik referi Bahodir Qo‘chqorov yordam berishadi.

Olimpiadaga so‘nggi tayyorgarlik sifatida Ermatov jamoasi O‘zbekiston ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi “Paxtakor-2” va “Qanot” futbol klublari ishtirokidagi o‘yinda hakamlik qilishdi.

25 iyul kuni boshlanadigan olimpiadaning futbol musobaqasida 16 mamlakat kurash olib boradi.

2010 yili Janubiy Afrika Respublikasida o‘tgan Jahon chempionatida Ravshan Ermatov ochilish o‘yinini boshqargan va umumiy hisobda chempionatning 5 ta uchrashuviga referilik qilgan edi.
XS
SM
MD
LG