Линклар

logo-print
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining Chegarani qo‘riqlash qo‘mitasi 17 iyul kuni o‘zbek-qirg‘iz chegarasida sodir etilgan otishma uchun mas‘uliyatni Qirg‘iziston zimmasiga yukladi.

O‘zbekiston Chegarani qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan ma‘lumotda aytilishicha, Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan G‘ova chegara punktida chegarachilar hujjatsiz yuk avtomashinalarini o‘tkazishdan bosh tortgan.

Shundan so‘ng o‘zbek chegarachilariga qo‘shni Qirg‘izistonning Buloqboshi qishlog‘i aholisi tahdid qilgan. O‘zbek chegarachilari mahalliy aholi qurshovidan chiqib ketayotganida Qirg‘izistonning “Bo‘ri” maxsus otryadining 14 harbiysi o‘zbek chegarachilarini o‘qqa tutgan.

Chegarani qo‘riqlash qo‘mitasi bayonotida qirg‘izistonliklar va qirg‘iz chegarachilarining harakatlari “qurollangan bosqinchilik” sifatida talqin etiladi.

Bayonotda to‘qnashuv oqibatida oddiy askar I.Ibrohimov halok bo‘lgani va serjant I.Eshnazarov og‘ir yaralangani ma‘lum qilingan.

Avvalroq qirg‘iz tomoni otishmani o‘zbek chegarachilari boshlaganini bildirgan edi. O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi otishmada bir qirg‘iz chegarachisi o‘lgan, ikki odam yaralangan.
XS
SM
MD
LG