Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:39

Toshkentda Sirg‘aligacha metro quriladi


Toshkent shahrida Sobir Rahimov metro stantsiyasidan Sirg‘ali mavzesigacha uzunligi 8 kmni tashkil etuvchi metro liniyasi qurish va Yunusobod metro liniyasini yana 3,5 kilometrga uzaytirish rejalashtirilmoqda.

Olam.uz sayti ma‘lumotiga ko‘ra, bu haqda Toshkent shahrini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan davlat loyihasida qayd qilingan.

Mazkur loyihada “Toshkent” aeroportini shahar tashqarisiga chiqarish ya‘ni Toshkentdan 45 km janubga, Jizzax tomonga chiqarish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, poytaxt maydonini 41,8 ming gektargacha oshirish ko‘zda tutilgan. Shu tarzda shahar hududi Qibray, O‘rtachirchiq va Zangiota tumanlari yerlari hisobiga 8,63 ming gektarga ko‘payadi.
XS
SM
MD
LG