Линклар

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi qoshidagi Din ishlari qo‘mitasi mamlakatda Ramazon oyini munosib o‘tkazish uchun barcha tayyorgarliklar ko‘rilgani haqida ma‘lumot berdi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 17 iyul kuni "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan edi.

Din ishlari qo‘mitasi ma‘lumotiga ko‘ra, mazkur qarorga asosan masjidlar, maqbaralar va qabristonlar atrofi tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borilgan.

20 iyul Ramazon oyining birinchi kuni hisoblanrgani uchun O‘zbekistondagi 2037 masjidda tarovix namozini o‘qish 19 iyulda boshlandi.

Din ishlari qo‘mitasi ramazon oyida mamlakatdagi 733 masjidda Hatmi Qur‘on qilinishini bildirdi.
XS
SM
MD
LG