Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:32

Xitoyda mobil internet ommalashmoqda


Uzbekistan - "Yosh tolqin" of the Uzbek service on mobile phone
Uzbekistan - "Yosh tolqin" of the Uzbek service on mobile phone
Xitoyda internetga kirish bo'yicha smartfonlar an'anaviy kompyuterlardan o'zib ketdi.

Mamlakatning Internet-ma'lumot markazi bergan raqamlarga ko'ra, bugun Xitoyda mobil telefonlar orqali internetga kiruvchilarning soni 388 millionga yetgan.

Ayni damda statsionar kompyuterlar orqali internetdan foydalanuvchi xitoyliklar soni esa 380 millionni tashkil qiladi.

Shunday qilib, Xitoyda ilk bor smartfornlar internetga kirish bo'yicha kompyuterlarni dog'da qoldirdi.

Xitoyda istiqomat qiluvchi 1,3 milliard aholining 40% internet bilan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu esa "yuzerlar" miqdori bo'yicha dunyodagi eng katta ko'rsatkichdir.

Jahon banki chiqargan yangi hisobotda ham bugungi kunda dunyo aholisining to‘rtdan uch qismi mobil telefondan foydalanish imkoniyatiga egaligi va shu bois mobil internet foydalanuvchilari soni tez suratlarda oshib borayotgani aytiladi.


O'zbekistondachi?

O'zbekistonda ham mobil internet an'anaviy internetdan ommalashib bormoqda.

Mamlakat aloqa va axborot agentligiga ko'ra, 2012 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra O'zbekistondagi internet foydalanuvchilari soni 9,1 million kishini tashkil qildi.

3,85 million foydalanuvchi internetga an‘anaviy usul bilan ulansa, 5,2 million foydalanuvchi esa mobil internetdan kiradi.

Biroq, mutahassislarga ko'ra, O'zbekistonda xizmat ko'rsatadigan MTS uyali aloqa operatorining litsenziyasi 10 kunga to'xtatilishi mamlakatdagi mobil internet foydalanuvchilari sonini keskin qisqarishiga olib kelishi mumkin.
XS
SM
MD
LG