Линклар

logo-print
AQShning Kolorado shtati politsiyasi kinoteatrda amalga oshirilgan hujumda 14 odam nobud bo‘lgani, 50 kishi yaralanganini ma‘lum qildi.

Politsiyaga ko‘ra, Kolorado shtati poytaxti Denver yaqinidagi Avrora shaharchasida juma kuni ertalab uyushtirilgan hujumga aloqadorlikda gumon qilingan bir shaxs qo‘lga olingan.

Guvohlarga tayanib, Avrora politsiyasi rahbarining aytishicha, protivogaz kiygan jinoyatchi odamlarni o‘qqa tutishdan oldin ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.

- U (qotil) zalga kirib keldi. Keyin ko‘zdan yosh oqizadigan granata otdi. Tafsilotlarni eslay olmayman. Yodimdan chiqdi, dedi kinoteartdagi hujumda omon qolgan guvohlardan biri Otermat.

Politsiya hujumni bittadan ortiq odam amalga oshirganini tasdiqlovchi dalil yo‘q ekanini bildirdi.

Tomoshabinlarga uyushtirilgan hujum sababi hozircha ma‘lum emas.
XS
SM
MD
LG