Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:38

Muftiyga hujumda gumonlangan o‘zbekistonlik hibsda qoladi


Tatariston muftiysining portlatilgan xizmat mashinasi.
Tatariston muftiysining portlatilgan xizmat mashinasi.
Qozon shahrining Vaxitov tuman sudi hakamlari 19 iyul kuni Tatariston muftiysi Ildus Fayzov va uning o‘rinbosari Valiulla Yakupovga uyushtirilgan hujumga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Abdunozim Otaboyev 20 sentyabrgacha hibsda saqlanishi haqida qaror chiqardi.

Interfaks axborot agentligi xabariga ko‘ra, 21 iyul kungi sudda Otaboyev jinoyatga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta‘kidlab, hibsga olinganidan norozi ekanini aytgan.

Tergov hujjatlariga ko‘ra, Abdunozim Otaboyev portlash ro‘y bergunicha muftiyning mashinasi ortidan yurgan. Portlashdan so‘ng voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.

Ammo advokat O‘zbekiston fuqarosini hibsda saqlash uchun hech qanday asos yo‘q degan fikr bildirgan.

Tatariston muftiysi va o‘rinbosariga hujum uyushtirishda gumanlangan yana uch nafar shaxs qo‘lga olingan.
XS
SM
MD
LG