Линклар

O‘zbekistonda Chevrolet Malibu sotuvga chiqdi


O‘zbekistonda 2012 yildan ishlab chiqarila boshlagan Chevrolet Malibu avtomobili.

O‘zbekistonda 2012 yildan ishlab chiqarila boshlagan Chevrolet Malibu avtomobili.

GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan Chevrolet Malibu o‘tib borayotgan haftada mamlakat avtosalonlariga yetkazildi.

Bu haqda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari xabar qiladi.

Chevrolet Malibu avtomobilini ishlab chiqarish shu yil fevral oyida yo‘lga qo‘yilgandi.

Yangi avtomobil uch xil pozitsiyada ishlab chiqarilishi aytilmoqda. Pozitsiyalar ranlari, tezlikni o'tkazish mexanizmi (avtomat yoki mexanika) va shiftdagi lyuki bilan farqlanadi.

Qator qulayliklarga ega mazkur avtomobilning eng qimmati 95 million so‘mdan sotilishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG