Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:59

Oslo fojeasiga bir yil to‘ldi


Osloda bir yil muqaddam amalga oshirilgan terrorchilik xuruji o‘ng radikalcha qarashdagi ekstremist Anders Breyvik tomonidan sodir etilgandi.
Osloda bir yil muqaddam amalga oshirilgan terrorchilik xuruji o‘ng radikalcha qarashdagi ekstremist Anders Breyvik tomonidan sodir etilgandi.
Norvegiyada 22 iyun kuni Oslodagi hukumat kvartali hamda Utoyya orolidagi yoshlar lagerida amalga oshirilgan terrorchilik xurujining bir yilligi yodga olindi. O‘sha paytda 77 kishi halok bo‘lgan, 240 dan ziyod odam turli darajada tan jarohati olgandi.

Shu munosabat bilan butun mamlakat bo‘ylab cherkovlarda ma‘raka marosimi o‘tkazildi, kontsertlar va boshqa motam marosimlari uyushtirildi.

Norvegiya bosh vaziri Yyens Stolneberg halok bo‘lgan kishilarning yaqinlari bilan birga Utoyya orolida o‘tkazilgan marosimda ishtirok etdi.

Bir yil muqaddam amalga oshirilgan terrorchilik xuruji o‘ng radikalcha qarashdagi ekstremist Anders Breyvik tomonidan sodir etilgan bo‘lib, u buni sudda e‘tirof etgan. Ayni paytda mahkama tinglovlarida u o‘z xatti-harakatlari bilan Norvegiya va Yevropani amaldagi rasmiylar qo‘llayotgan islomiylashuv va ko‘p madaniyatlilikdan xalos qilishga uringanini aytib, sodir etilgan qotillik uchun o‘zini aybdor his qilmayotganini aytgan.

Agar Breyvik hakamlar tomonidan aqli raso deb topilsa, u uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin. Aks holda esa, u ruhiy kasallar klinikasiga davolanish uchun yuboriladi. Bu haqdagi qaror keyingi oyda chiqishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG