Линклар

Server Jeparov boshqa jamoaga sotilishi haqidagi xabarni rad etdi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov (o'ngda) o'z jamoadoshi Viktor Karpenko bilan.

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov (o'ngda) o'z jamoadoshi Viktor Karpenko bilan.

Saudiya Arabistonining "Al Shabob" futbol klubida faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik Server Jeparov jamoasini almashtirishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Jeparovning transfer bozoriga qo'yilishi mumkinligi haqida birinchi bo'lib futbol agenti San'at Sharipov o'z Twitter sahigasida xabar qoldirgan edi qildi.

- Saudiyalik ishonchli manbalarga ko'ra, "Al Shabob" klubi shayxi Server Jeparovni sotib yubormoqchi. Klub rahbariyati uning o'tgan yilgi o'yinindan qoniqmagan. Aftidan shayx Serverni shoshmashosharlik bilan sotib olgan ko'rinadi, - deya yozgan edi futbol agenti o'z mikroblogida.

O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov o'z Twitter sahifasida San'at Sharipov gaplarini noto'g'riligini bildirib, quyidagilarni yozdi.

- Men haqimda bunday mish-mishlarni tarqatishga kim huquq berdi? Har kim o'z ishi bilan shug'ullansa yaxshi bo'lar edi. Futbolchilarning jismoniy holatini baholaydigan mutaxassislar bor. Agar futbolchi chempionatda birorta ham o‘yinda mag‘lubiyatga uchramay, Saudiya Arabistoni chempioni bo‘lsa, qanday yomon o‘yin haqida gap bo‘lishi mumkin?, deya yozadi "Al Shabob" klubi yarim himoyachisi Server Jeparov.

2008 va 2011 yillari Osiyoning eng yaxshi oyinchisi deya e'tirof etilgan Server Jeparov "Al Shabob" jamoasiga 2011 yilning iyul oyida Janubiy Koreyaning "Seul" jamoasidan o'tgan edi. Transfer narxi boy'icha aniq ma'lumot bo'lmasa-da, Jeparovning uch yillik shartnoma bilan "Al Shabob"ga o'tishiga ikki yarim milliondan sakkiz million AQSh dollarigacha pul to'langani aytiladi.

30 yoshli O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov o'z faoliyatini Namanganning "Navbahor" jamoasida boshlagan. Keyinchalik u Toshkentning "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalarida ham to'p surgan.

Futbol agenti San'at Sharipov esa Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Shabob" futbol klubida to'p surayotgan o'zbekistonlik yarim himoyachi Azizbek Haydarovga agentlik qilib keladi.
XS
SM
MD
LG